Регистрация
Меню сайта
Статистика

Онлайн всего: 190
Гостей: 190
Пользователей: 0
0

Bundesliga. “Bavariya” safarda 5 ta gol urib, g‘alabaga erishdi

Автор: VerSignкатегория: Sport yangiliklariдата: 19.03.2019
2-mart, shanba kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 24-turi doirasida 6 ta uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

Turning markaziy o‘yini “Borussiya Park” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda Diter Heking qo‘l ostidagi “Borussiya Myunxengladbax” jamoasi Niko Kovach boshliq “Bavariya” klubi bilan kurashga kirishdi.

Bellashuvning 2-daqiqasidayoq “Bavariya” a’zosi Xavi Martines hisobni ochgan bo‘lsa, 11-daqiqaga kelib Tomas Myuller jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi (2:0). 37-daqiqada esa Lars Shtindl “Bavariya” darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni qisqartirdi (2:1). Robert Levandovski 47—90+1-daqiqalarda gol urib dublga erishgan bo‘lsa, Serj Gnabri (75) ham o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa myunxenliklar safarda Myunxengladbaxning “Borussiya” jamoasini yirik 5:1 hisobida mag‘lub etib, muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Mazkur turdan so‘ng “Bavariya” ochkolar soni bo‘yicha “Borussiya Dortmund”ga yetib oldi. Ikkala jamoada ham 54 ochkodan mavjud.

Теги: “Bavariya” safarda 5 ta gol urib, g‘alabaga erishdi, Bundesliga

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]