Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

UYDA QOLING! | STAY HOME! | ОСТАВАЙТЕСЬ ДОМА!
0

Chimkentda tarnov quvuri orqali karantindan qochmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga tushdi

Автор: MASSARIкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 31.05.2020
Qozog‘istonning Chimkent shahridagi uyning ikkinchi qavatida yashaydigan ayol karantindan qochishga urinib ko‘rdi. U tarnov quvuri orqali pastga tushdi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Voqeaga guvoh bo‘lgan erkakning so‘zlariga ko‘ra, ko‘chada ayolni taksi kutib turgan edi. Ayolning qochib ketishiga uyning pastida navbatchilik qilayotgan harbiylar va politsiyachilar xalaqit bergan.

Guvohning aytishicha, ayolni taksida bir erkak kutib turgan, ayol u bilan ketmoqchi bo‘lgan. Biroq harbiylar va politsiyachilarning tezkor harakati tufayli ayol uydan uch metr ham uzoqlasha olmagan. Ayolni kutib turgan erkak unga yordam bermoqchi bo‘lgan, biroq politsiya ularning ikkalasini ham ayol qochgan kvartiraga olib kirgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 629 kishiga yetgan.

Теги: qozog'iston, Koronavirus, Karantin

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]