наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
00:38
Dahshatli avtohalokat: ota va bola voqea joyida vafot etdi

Toshkent viloyati Tergov boshqarmasining xabar qilishicha, 10 yanvar kuni taxminan soat 03.00 da Nurafshon shahrida avtohalokat natijasida ikki fuqaro hayotdan ko‘z yumdi.

Viloyatning O‘rtachirchiq tumani Boyto‘ppi mahallasi Usmon-ota ko‘chasida yashovchi Shuhrat Elmurodovich Hafizov boshqarib kelayotgan “Neksiya”rusumidagi avtomashina nurafshonlik Yusuf Qodirovich Hamidov va uning maktabning 4-sinfida o‘qiydigan o‘g‘lini urib yuboradi.

IIB tomonidan, avtomashinada Nurafshon-Oqqo‘rg‘on yo‘lining 3–kilometrida harakatlanib kelayotgan haydovchining mast holda bo‘lgani va yuqori tezlik sababli boshqaruvni yo‘qotgani aniqlangan.

Ushbu avtohalokat natijasi olgan tan jarohatlari sababli piyodalar voqea joyining o‘zida vafot etgan.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Toshkent viloyati IIB Tergov boshqarmasi tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Manba: zamin.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 1348 | Добавил: MASSARI | Теги: toshkent, avtohalokat, O'rtachirchiq | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]