наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
23:48
Dam olish kunlari O‘zbekistonga sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda​

Shu hafta davomida O‘zbekiston hududlari bo‘yicha iliq va beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda shamol kuchayishi bilan kuzatiladi. Havo harorati kechalari 2-7 o iliq, kunduz kunlari 10-15 o iliq, yomg‘ir paytida esa 7-9 o iliq atrofida bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bergan.

Respublika hududlariga dam olish kunlari yana sovuq g‘arbiy havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Shanba kuni ba’zi joylarda sovuq harorat fonida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduz kungi harorat 5-8 o iliq, yakshanba kuni esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Lekin sovuq havo massalari ta’siri saqlanib turadi: harorat kechalari 0-3 o sovuqqacha pasayashi, kunduzgi harorat esa 8-10 o iliq atrofida bo‘ladi.​
Manba: zamin.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 486 | Добавил: MASSARI | Теги: o'zbekiston, ob-havo, sovuq | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]