наверх
Главная » Новости » Shou-Biznes yangiliklari
17:19
Davron Kabulov uni isrofgarchilikda ayblaganlarga o‘z uslubida javob qaytardi

Taniqli boshlovchi, shoumen Davron Kabulov 29 sentyabr kuni ota bo‘ldi. Qiz chaqaloqqa Lutfiya deb ism berildi. 4 oktyabr kuni ota o‘z ayoli va qizini tug‘uruqxonadan olib chiqdi.

Kabulovlar oilasinig tug‘uruqxonadan chiqishi haqiqiy ma’noda tantanaga aylandi — ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan suratlarda marosimga Davron Kabulovning ko‘plab do‘stu birodarlari yig‘ilgani, xonadon atrofi multfilm qahramonlari-yu bolalarga to‘lganini, shuningdek, bir qator xonandalar mikrofon olib, qo‘shiq kuylaganini ko‘rish mumkin.

Boshlovchining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, shuningdek, uning do‘stlari, hamkasblari sahifalarida uning uchun quvonchli bu kun tafsilotlari izchil yoritib borildi. Ko‘pchilik, tabiiyki, Kabulovlarni farzand bilan qutladi. Biroq, tug‘uruqxonadan olib chiqish marosimini «isrofgarchilik va dabdababozlik»ka aylantirilgan voqea deb ataganlar ham bo‘ldi.

Davron Kabulov bunday tanqidiy fikrlarni javobsiz qoldirgani yo‘q. U 5 oktyabr kuni murojaat bilan chiqib, «yurakni kengroq qilishga» va «odamlarga havas bilan qarashga» chaqirdi, deb yozadi Hordiq.uz nashri.

YaXShI TILAK BILDIRGAN BARChAGA KATTA RAHMAT! TUG‘URUQXONADAN OLIB ChIQISh MAROSIMINI ISROFGARChILIK VA DABDABABOZLIK SIFATIDA BAHOLAGANLARGA ESA GAPLARIM BOR:

1. YaRATGANGA ShUKR, BIZNI O‘G‘RILIK QILIB, BIROVLARNING DILINI OG‘RITIB, FIRIBGARLIK BILAN KUN KO‘RUVChI (AFERIST) BANDALARIDAN QILMADI. TOPGAN RIZQIMIZNI ESA KASALXONAGA, PROKURATURAGA Yo QARZGA BOTGAN KUNIMIZGA, ZINO YoKI NAShA ChEKIShGA EMAS, MANA ShUNAQA YaXShI SABABLARGA SARFLAYDIGANLARDAN QILGANIGA ShUKR!

2. BIRINChI MARTA OTA BO‘LSANGIZ-U, UYINGIZGA TO‘RTTA ShAR ILIB, AYoLINGIZGA GULDASTA KO‘TARIB BORIShGA FAROSATINGIZ YeTMASA, SIZNI ORZU-HAVASLI INSON DEB HISOBLAMAYMAN. AMMO AYBLAMAYMAN HAM. ChUNKI SIZ PULNI QANDAY SARFLAShINGIZNI MUHOKAMA QILIShGA MENING HAQQIM YO‘Q. MENI HOLATIMDA SIZ HAQLI EMASSIZ.

3. PREZIDENT ORTIQChA MAROSIMLARDAN TIYILIShGA ChAQIRYaPTI. DAVLAT RAHBARINING ORQASIDAN ERGAShADIGAN FUQARO SIFATIDA BEShIK TO‘YNI BEKOR QILDIRDIM. SIZ NIMANI BEKOR QILDINGIZ, MENGA QIZIQ?

4. ShU PAYTGAChA BIROR DO‘STIM FARZANDLI BO‘LSA (RIYoGA KIRMASIN), Yo MAShINASINI GAPLAShIB BERGANMAN, Yo UYINI BEZATIShDA QATNAShGANMAN, HECh BO‘LMASA FOTOGRAFINI SUYuNChI SIFATIDA JO‘NATGANMAN. O‘RTOQLARIMNING ESIDAN ChIQMAGAN EKAN, BIRI ShARChI BILAN KELDI, IKKINChISI MAShINA YuBORDI, BITTASI GULNI HAL KILSA, BOShQASI 10 TA MULTFILM QAHRAMONI YuBORIBDI. MARD BO‘LIB AYTING, O‘RNIMDA BO‘LSANGIZ QAY BIRINI HURMATSIZLIK QILIB ORTGA QAYTARIB YuBORARDINGIZ? XARAJATLARIMNI BIROVGA GAPIRIB O‘RGANMAGANMAN, LEKIN BU GAL PUL SARFLAShIMGA DEYaRLI QO‘YIShMADI.

5. ShAHZODA Yo DILSO‘ZNING QO‘ShIQ KUYLAGANI G‘AShINGIZNI KELTIRGANDIR BALKI? SEZIB TURIBSIZ-KU PUL UChUN KELIShMAGANINI — HAMKASB SIFATIDA QO‘LLAB-QUVVATLAShGANINI. YaNA BIR MARTA RAHMAT ULARGA!

QANI DABDABA? QAYeRDA ISROFGARChILIK?

ALLOH HAR BIRIMIZNING XONADONIMIZGA QUVONChLI KUNLARNI BERAVERSIN!

P.S. HA, DARVOQE, YuRAKNI KENG QILING, ODAMLARGA HAVAS BILAN QARAB KO‘RING. BALKI SIZNING HAYoTINGIZDA HAM NIMADIR YaXShI TARAFGA O‘ZGARAR. ILIQ NIYaTLARI BILAN SIYLAGANLARGA ESA YaNA BIR BOR TAShAKKUR!

DAVRON KABULOV, BOShLOVChI, ShOUMEN

Manba: hordiq.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Shou-Biznes yangiliklari | Просмотров: 613 | Добавил: MASSARI | Теги: Boshlovchi, shou-biznes, Davron Kabulov | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]