Olov-Olov turk serial

Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Deepika Padukonening yuzi nega bunchalik "qo'rqinchli" bo'lib qoldi?

Автор: MASSARIкатегория: Kino va Serial yangiliklariдата: 16.01.2021
Bollivud olamidagi so‘nggi yangiliklarni e’tiboringizga havola etishda davom etamiz. Hindistonning eng mashhur hamda go‘zal aktrisalaridan biri Deepika Padukonening yana bir yangi filmi nafaqat muxlislar balki Bollivudning mashhur insonlari e’tirofiga ham sabab bo‘lmoqda.

Bugun erta tongda Deepika Padukone bosh rolni ijro etuvchi «Chxapaak» treyleri haqidagi ma’lumotlar ommaga oshkor qilingan.

Aktrisa uning ijodini qiziqish bilan kuzatib boruvchi muxlislari uchun o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga film haqidagi ma’lumotlar, bir necha suratlar hamda lavhalarni joylashtirdi. Filmda aktrisa Deepikaga sherik sifatida bosh rolni Vikrant Massey ijro etgan hamda ularning birgalikdagi ijrosi haqida anchagina ijobiy fikrlar qabul qilinmoqda.

Neha Dupia, kinorejissyor Siddart Malxotra va sportchi Saina Nehval kabi bir necha mashhur insonlar ushbu filmdagi Deepikaning ijrosiga anchayin yuqori baho berishgan. Ko‘ramiz, bu film ham dunyo sahnalarini zabt eta olarmikan?!

Теги: Deepika Padukone, Chxapaak

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]