наверх
Главная » Новости »
18:23
DIQQAT: ushbu kompaniyalarning BARCHA smartfonlariga boshidanoq xavfli virus joylangan!

Rossiyaning Dr.Web antivirus kompaniyasi uncha yaxshi tanilmagan ayrim xitoylik smartfonsozlarning mahsulotlarini tekshirib ko‘rdi. Natija ular xavfsiraganidek bo‘lib chiqdi – yap-yangi telefonlarga boshidanoq xavfli troyan virus joylangan ekan!

Xabarga ko‘ra, ziyonkor dasturiy ta’minot Doogee, Leagoo, Cubot, Uhans, Prestigio, Zopo va yana bir nechta kompaniyalarning smartfonlari proshivkasiga kiritilgan ekan. Mazkur troyan avtomatik ravishda, qurilma egasiga bildirmasdan begona dasturlarni olib o‘rnatadi. Bu bilan ular foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga kirish uchun kiberjinoyatchilarga yo‘l ochib beradi.
Dr.Web ekspertlarining ta’kidlashlaricha, bunday imkoniyatni smartfonsozlar o‘z mahsulotlariga atayin kiritishgan, zero, troyanlar ularning barcha telefonlariga proshivka darajasida joriy etilgan. Mutaxassislar bu kompaniyalar smartfonlaridagi libandroid_runtime.so tizim kutubxonalarining dastlabki kodida Android.Triada.231 nomli virus mavjudligini aniqlashgan.

Hammadan qizig‘i – smartfonsoz kompaniyalarning dasturchilari hatto ushbu ziyonkor dasturni himoyalash mexanizmini ham tatbiq etishgan. Ya’ni, foydalanuvchi o‘z telefonidan mazkur troyanni o‘chirib yubora olmaydi. Undan qutulishning yagona yo‘li – root-huquqini qshlga kiritish, so‘ng esa mustaqil tarzda barcha zararlangan fayllarni aniqlab, birma-bir o‘chirib tashlashdir.

Dr.Web ekspertlarining xabar berishlaricha, hozirda xavfli Android.Triada.231 troyani xitoylik smartfonsozlarning qirqdan oshiq modellardagi devayslarida mavjud.

Eng ko‘p modellarida troyan joylangan ishlab chiqaruvchi Leagoo bo‘lib chiqdi – uning barcha qurilmalarida virus mavjudligi aniqlandi! Demak, arzon narxiga uchib smartfon buyurtma qilishdan avval, mana shu jihatlariga ham e’tibor qaratish kerak ekan

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Просмотров: 1564 | Добавил: KenjaMedia | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]