наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
13:46
“Do‘stlik” chegara bojxona kompleksida O‘zbekistonga olib kirish taqiqlangan mahsulot ushlab qolindi

O‘zbekiston Respublikasi hududida havo kemalari parvozlarining xavfsizligini ta’minlash va lazerli nur tarqatgichlarni noqonuniy ishlatishning oldini olish maqsadida lazerli nur tarqatuvchi mahsulotlarni chetdan olib kirish va sotish taqiqlangan, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

“Ammo ayrim shaxslar lazerli nur tarqatgichlarni qayta sotish yo‘li bilan mo‘may daromad orttirish maqsadida qonunbuzarlikka qo‘l urmoqda.

Yaqinda Andijon viloyati bojxona boshqarmasi ‘Do‘stlik’ chegara bojxona kompleksiga Qirg‘izistondan kirib kelgan fuqaro, 1988-yilda tug‘ilgan M.I.ning qo‘l yuklari rentgen apparati yordamida ko‘zdan kechirilganda shu kabi qonunbuzarlik fosh etildi.

Natijada, uning yonida bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan qiymati 2 040 000 so‘mlik, xorijda ishlab chiqarilgan jami 408 dona lazerli nur tarqatuvchi mahsulotlar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi”, — deyiladi xabarda.

Shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi 227-moddasiga muvofiq iqtisodiy siyosat choralari va boshqa cheklovlar qo‘llaniladigan tovarlarni ana shu choralar va cheklovlarni qo‘llanishning belgilangan tartibini buzgan holda O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tish, O‘zbekiston Respublikasining Bojxona Kodeksida nazarda tutilgan hollardan tashqari, agar jinoyat alomatlari bo‘lmasa, — fuqarolarga tovarlarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, mazkur Kodeksning 116-moddasi talablariga muvofiq havo kemasidan foydalanish vaqtida havo kemasiga lazer nurini yo‘naltirish orqali xalaqit berish — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 477 | Добавил: VerSign | Теги: “Do‘stlik” chegara bojxona kompleks | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]