наверх
Главная » Новости » Dunyo yangiliklari
20:41
Dolche va Gabbana o‘z brendini hech kimga sotmasligini ma’lum qildi

Italiyaning Dolce & Gabbana modalar uyi asoschilari va dizaynerlari Domeniko Dolche va Stefano Gabbana o‘z brendini hech kimga sotmasligini ma’lum qildi, deb yozadi The Fashion Law.

Dolche va Gabbana, shuningdek, ular tomonidan asos solingan kompaniya ularning o‘limidan so‘ng kimga tegishi yuzasidan ham hech narsani rejalashtirmayapti.

“Vafot etganimizda, kompaniya ham o‘ladi. Dolce & Gabbana markasi ostida yaponiyalik dizayner ishlashini istamaymiz”, — dedi Stefano Gabbana.

Dolce & Gabbana modalar uyining 2017-yilgi daromadi 1,3 milliard yevroni tashkil etgan.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 450 | Добавил: VerSign | Теги: gabbana, Dolche | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]