12:07 Dubayda suzib yuruvchi uy cho‘kib ketdi | |
![]()
Burj al-Arab mehmonxonasi oldida suzib yuruvchi uy cho‘kib ketdi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi, deb yozadi UAEInside.
“Hodisa haqida xabar topganimizdan so‘ng voqea joyiga shoshildik va sakkiz daqiqada u yerga yetib keldik. To‘lqinlar 6—8 fut balandlikda edi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi”, — dedi Qidiruv va qutqaruv departamenti direktori o‘rinbosari, podpolkovnik Ahmad Atik Burqiba. U uy ichida va atrofida hech kim bo‘lmaganligini qo‘shimcha qildi. The Heart of Europe yaratuvchisi Kleindienst Group kompaniyasi quyidagi bayonot bilan chiqish qildi: “Kleindienst guruhi Sea Dubai tadbiri bir qismi sifatida qo‘llanuvchi suzib yuruvchi platforma kuchli to‘lqinlar ostida qolib, cho‘kib ketganligini tasdiqlaydi”. Hozirgi paytda platformani tiklash jarayoni ketmoqda. Manba: daryo.uz
| |
|
Похожие Новости
Всего комментариев: 0 | |