Olov-Olov turk serial

Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9


0

Koronavirus tarqalishiga qarshi super lift yaratildi

Автор: MASSARIкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 30.11.2020
Yaponiyaning «Hitachi Ltd» va «Mitsubishi Electric» kompaniyalari chaqirish uchun tugmachani bosish talab etilmaydigan zamonaviy lift modelini taqdim etishdi. Bu pandemiya sharoitida koronavirus tarqalishining oldini olishga yordam beradi.

«NHK» telekanali xabariga ko‘ra, «Hitachi» kompaniyasi lifti bilan yo‘lovchilar o‘rtasidagi «kommunikatsiya» «LINE» tezkor aloqa almashish dasturi yoki lift kabinasiga o‘rnatilgan maxsus QR-kodni skanirlash yordamida amalga oshirilishi mumkin. Yo‘lovchi kerakli qavatni tanlash uchun personal smartfondan foydalanadi. Shu tariqa tugmachani bosish ... Davomini o'qish »
0

Turkiyada ayanchli holat kuzatilmoqda

Автор: MASSARIкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 30.11.2020
Turkiyada koronavirusdan vafot etganlar soni bir kecha-kunduzda 185 kishini tashkil etdi. Bu pandemiya boshlangandan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. 29 281 ta kasallanish holati qayd etildi, deya xabar berdi respublika sog‘liqni saqlash vazirligi.

Bundan avvalgi eng yuqori o‘lim ko‘rsatkichi kuni kecha kuzatilgandi — o‘shanda 182 bemor hayotdan ko‘z yumdi.

«Bugun 29 281 ta yangi COVID-19 holati qayd etildi, jami kasallanganlar soni — 607 628. 185 bemor olamdan o‘tdi, jami vafot etganlar soni — 13 558. 5011 nafar bemorning ahvoli og‘ir», — deyiladi Turkiya sog‘liqni sa ... Davomini o'qish »
0
Britaniyalik musiqachi Pol Barton Tailandda maymunlar uchun ajoyib konsert uyushtirdi. Tomoshabinlar bir joyda o‘tirisholmadi, lekin tadbir besamar ketgani yo‘q.

Musiqachi Betxovenni chalayotganda maymunlar, hatto, uning boshiga chiqib olishdi. Notalarni u yoqdan bu yoqqa varaqlashib, musiqiy asbobni sichkovlik bilan ko‘zdan kechirishdi.

Hozir Tailandda sayyohlar deyarli yo‘q, makakalar to‘dasi och-nahor izg‘ib yurishibdi. Klassik musiqa stressni yengillashtiradi, deydi Pol Barton.
U qadimiy hind ibodatxonasi, xo‘jalik mollari do‘koni va tashlandiq teatrda bir ... Davomini o'qish »
0

Pandemiya sharoitida xitoyliklar yana-da boyib ketmoqda

Автор: MASSARIкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 21.10.2020
Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan global iqtisodiy inqirozga qaramay, Xitoyning o‘ta boy odamlari o‘tgan yili rekord darajada 1,5 trillion dollar ishlab topishdi. Bu haqda «Daily Mail» xabar berdi.

Tahlilchilarning qayd etishicha, «dunyo bir yil ichida shu darajada ko‘p boylik orttirgan holatni hech qachon ko‘rmagan». Xitoyda 257 nafar yangi milliarder paydo bo‘ldi. Mamlakatning eng boy odami Jek Maning mol-mulki 45 foizga ko‘payib, 58,8 milliard dollarga yetdi. Uning «Alibaba» kompaniyasi esa inqirozdan natijalarini yaxshilash orqali foyda ko‘rdi.

Sog‘liq ... Davomini o'qish »
0

Tramp TikTok’ni AQSHda taqiqlashini aytdi

Автор: MASSARIкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 01.08.2020
AQSH prezidenti Donald Tramp TikTok ilovasining Amerika hududida ishlashiga taqiq joriy etmoqchi, deb yozmoqda Bloomberg.
«Modomiki [biz] TikTok [mavzusi]ni tilga olgan ekanmiz, uni AQSHda taqiqlaymiz», — degan davlat rahbari Floridadan Vashingtonga qaytayotgan samolyoti bortida jurnalistlarga.

Amerika yetakchisi bu borada kerakli ijro farmoni imzolashi yoki favqulodda iqtisodiy vakolatidan foydalanishi mumkinligini aytib o‘tgan.

Avvalroq Microsoft Xitoyning TikTok onlayn servisini xarid qilish borasida muxokaralar boshlangani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ser ... Davomini o'qish »
0
AQSH prezidenti Donald Trampning maslahatchisi, uning saylov kampaniyasi uchun mablag‘ to‘plashga mas’ul bo‘lgan Kimberli Gilfoylda koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi CNN.

Qayd etilishicha, Tramp maslahatchisi yaqin orada prezident bilan aloqada bo‘lmagan.
«Test javobi musbat chiqqach, Kimberli zudlik o‘z-o‘zini yakkalash rejimiga o‘tdi. U o‘zini yaxshi his qilmoqda. Tashxisni tasdiqlash uchun yana bir test topshiradi, chunki unda kasallik alomatlari mavjud emas», — deydi Trampning saylovoldi kompaniyasi moliyaviy rahbari Serxio Gor.

... Davomini o'qish »
0
Amerikalik tadbirkor, Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Maskning boyligi kompaniya aksiyalari narxi oshayotgani sababli bir hafta ichida 5,2 mlrd dollarga ko‘payib, umumiy hisobda 46,3 mlrd dollarga yetdi.

Forbes nashrining xabar berishicha, Mask 26 iyundan 2 iyulgacha bir necha milliard dollarga boyigan. Unga birjada narxi oshayotgan Tesla kompaniyasining 13 foiz aksiyasi tegishli. Kompaniya aksiyalari qimmatlashayotgani sababli uning kapitallashuvi 224,5 mlrd dollarga yetgan. Ta’kidlanishicha, Tesla kompaniyasi S&P 500 indeksida keltirilgan barcha 500 kompaniyani ortda qoldirgan. < ... Davomini o'qish »
0
Qozog‘istonning Chimkent shahridagi uyning ikkinchi qavatida yashaydigan ayol karantindan qochishga urinib ko‘rdi. U tarnov quvuri orqali pastga tushdi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Voqeaga guvoh bo‘lgan erkakning so‘zlariga ko‘ra, ko‘chada ayolni taksi kutib turgan edi. Ayolning qochib ketishiga uyning pastida navbatchilik qilayotgan harbiylar va politsiyachilar xalaqit bergan.

Guvohning aytishicha, ayolni taksida bir erkak kutib turgan, ayol u bilan ketmoqchi bo‘lgan. Biroq harbiylar va politsiyachilarning tezkor harakati tufayli ayol uydan uch metr ham uzoqlash ... Davomini o'qish »
0
O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, 6 aprel kuni 1969 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi R.X. koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish natijasida mahalliy klinikada vafot etdi.

22 mart kuni R.X.da kasallikning birinchi alomatlari qayd etilgan edi, uning sog‘lig‘i keskin yomonlashishi munosabati bilan 2 aprel kuni u kasalxonaga yotqizilib, o‘pkani sun’iy shamollatish apparatiga ulangan va sun’iy komaga tushirilgan edi.

«Ushbu davrda Bosh konsulxona uning qarindoshlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turdi», deya xabar bermoqda O‘zb ... Davomini o'qish »
0
Tayvan koronavirus tarqalishiga qarshi eng samarali kurash olib borayotgan mamlakat ekanligi ma’lum qilindi. Bu haqda «Komsomolskaya Pravda»ga tayanib Daryo xabar berdi.

Xabar berilishicha, olimlar aholisini koronavirusdan himoya qilish bo‘yicha eng samarali kurash olib borayotgan yetakchi mamlakatlarni aniqlashda bir nechta omillarga e’tibor qaratgan. Xususan, koronavirusning mamlakatga kirib kelgan vaqti, aholi soni va uning kasallanganlar soniga nisbati, ko‘rilgan choralar va ularning samaradorligi.

Tayvan orolining aholisi Avstraliya aholisiga teng. Biroq Tayvan k ... Davomini o'qish »
0

Koronavirusning "antiqa davo"si topildi

Автор: MASSARIкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 15.02.2020
Xitoylik shifokorlar COVID-19 koronavirusi bilan og‘rib tuzalgan odamlarning plazmasini kasallikni yuqtirgan bemorlarga quygandi, bu koronavirusni davolashda samarali bo‘lib chiqdi, deya xabar beradi «Sinxua» agentligi.

Yangi davolash usulining samaradorligi haqida Uxandagi shifoxona bosh shifokori Chjan Dinyuy matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Ekspertlarning izohlashicha, kasallikni yenggan ayrim kishilarning plazmasida antitanachalar aniqlanib, ular koronavirusga qarshi kurashishda yordam beradi.

«Global Times» gazetasining xabariga ko‘ra, yangi davolash usuli ... Davomini o'qish »
0
Hindiston Milliy texnologiya institutining katta tibbiy maslahatchisi Madan Gopal koronavirusning tez tarqayotgani borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu odamlarning xatti-harakatlari bilan bog‘liq. Aholisi zich joylashgan mamlakatlarda yovvoyi hayvonlar iste’mol qilinadi hamda ulardan an’anaviy tibbiyot retseptlari asosida dori-darmonlar tayyorlanadi. Shu tariqa yovvoyi hayvonlar bilan munosabat yuzaga keladi.

Koronaviruslar oilasi zootikdir, ya’ni guruhning barcha “vakillari“ hayvonlardan odamlarga yuqishi mumkin. Shu bois har qanday tiri ... Davomini o'qish »
0
Xitoy kasalliklar profilaktikasi va ularni boshqarish markazida koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu haqda China Daily nashri yozmoqda.

Manbada aytilishicha, bu borada ishlagan olimlar virusning xavflilik darajasini aniqlab unga qarshi vaksina ishlab chiqarishni uddalagan.
«Biz pnevmoniya chaqiruvchi yangi tipdagi koronavirusga qarshi vositalar ishlab chiqarishni ham boshlaymiz»,— deydi markaz rahbari Syuy Venbo.

Oldinroq Xitoyda koronavirus kutilganidan tezroq tarqalgani va bir kuni ichida u bilan og‘riganlar soni ... Davomini o'qish »
0
Xitoyda koronavirusdan vafot etganlarning haqiqiy soni rasmiy ma’lumotlardagidan 80 marta ko‘proqni tashkil qilishi mumkin.
Xitoyning yirikligi bo‘yicha ikkinchi raqamli kompaniyasi Tencent koronavirus qurbonlarining haqiqiy sonini oshkor qilib qo‘ygan bo‘lishi mumkin.

Kompaniya o‘z saytida koronavirus bilan bog‘liq karaxt qiluvchi raqamlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, virusdan 154 ming kishi kasallangan, 24,5 ming kishi vafot etgan. Bu esa qurbonlar soni rasmiy statistikada ko‘rsatilayotgandan 80 marta ko‘proqligini anglatadi.
... Davomini o'qish »
0

Xiaomi Xitoydagi barcha do‘konlarini bir haftaga yopdi

Автор: MASSARIкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 29.01.2020
Xiaomi kompaniyasi profilaktika maqsadida butun Xitoydagi do‘konlarini 28 yanvardan 3 fevralgacha yopishini ma’lum qildi.
Kompaniya buni Xitoyda tarqalgan koronavirusga qarshi kurashishda ko‘maklashish deb izohladi.

Xiaomi Uxan shahri aholisiga bir necha bor yordam ko‘rsatdi va ko‘rsatishda davom etmoqda. 24 yanvar kuni kompaniya shaharga 300 ming yuan ajratganini ma’lum qilgandi. Ertasiga esa koronavirusga qarshi kurashish uchun 3 million yuan berishini e’lon qildi. Xiaomi Group keyingi bosqichda Uxanda koronavirusga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlash uchun 10 million yuan ... Davomini o'qish »
0
AQSH harbiy-havo kuchlarining havo qo‘mondonlik punkti E-4B Nightwatch samolyoti ichidan namoyish qilindi. «Qiyomat kuni» samolyoti deb ham ataluvchi qo‘mondonlik punkti uzoq masofalarga uchuvchi, ikki palubali Boeing 747-200 yo‘lovchi samolyoti negizida yaratilgan.

Bugungi kunda AQSH armiyasida bunday samolyotdan to‘rtta bor. Ular mamlakatning birinchi shaxslari – prezident, mudofaa vaziri va oliy harbiy rahbariyatning boshqa a’zolari uchun yadro urushi boshlanishi, yerdagi boshqaruv tuzilmalari esa vayron bo‘lgan vaziyat uchun mo‘ljallangan. Shunda ushbu samolyotlar qo‘mondonlik ... Davomini o'qish »
« 1 2 3 4 ... 33 34 »