наверх
Главная » Новости » Dunyo yangiliklari
07:03
Dunyodagi eng baxtsiz mamlakat ma`lum qilindi

Markaziy Afrika Respublikasining fuqarolari 2017 yilda boshqa kishilarga qaraganda ko'proq salbiy his-tuyg'ularni boshdan kechirganlar. Bu haqda Gallup institutining jahon davlatlaridagi his-tuyg'ular bo'yicha o'tkazgan tadqiqotida aytiladi.

MAR aholisining aksariyat qismi avvalgi kuni «ko'plab jismoniy og'riqlarni» boshidan o'tkazgan 11 mamlakatdan biri bo'ldi. Bu 11 davlatning deyarli barchasi Afrikada, Sahroi Kabirdan janubda joylashgan.

Iroq baxtsizlik darajasi bo'yicha ikkinchi o'rinda - 59%. Bundan tashqari, ro'yxatda Janubiy Sudan (aholisining 55 foizi baxtsiz), Misr (47 foiz) va Eron (45 foiz) bor.

2017 yilda dunyodagi baxt darajasi oxirgi o'n yil ichidagi eng past darajaga yetdi. etgan. Gallup instituti so'roviga ko'ra, stress va xavotir his qiluvchi kishilar soni ortmoqda.

Ijobiy his-tuyg'ularga ega bo'lgan davlat orasida Lotin Amerikasi mamlakatlari yetakchiga aylandi. Xususan, eng baxtli davlatlar reytingida birinchi uch o'rinni Paragvay (85%), Kolumbiya va Salvador (82%dan) egalladi.

Eng past ko'rsatkichli salbiy his-tuyg'ularga ega bo'lgan mamlakatlar orasida - Tayvan, Qirg'iziston, Qozog'iston, O'zbekiston, Mo'g'uliston. Tadqiqotda ta`kidlanishicha, bu ushbu davlatlardagi kishilar aksariyat holatlarda faqat ijobiy his-tuyg'ularni boshidan o'tkazishadi, degani emas.
Manba: Kun.Uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 1330 | Добавил: KenjaMedia | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]