Регистрация
Меню сайта
Реклама
0

Dunyoning eng boy odamiga uning shaxsiy suratlari bilan po‘pisa qilindi

Автор: VerSignкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 22.02.2019
Amazon asoschisi Jeff Bezos National Enquirer nashri uni shaxsiy suratlari bilan po‘pisa qilganini aytdi, deb xabar berdi Bloomberg.

Isbot tariqasida American Media kompaniyasi manfaatlarini ifodalovchi advokat Jon Fayn va uning rahbari Devid Peker bilan yozishmalarini ko‘rsatgan.

National Enquirer Bezos xotini Makkenzi bilan ajrashgani ma’lum bo‘lmasidan oldin sobiq teleboshlovchi Loren Sanches bilan tushgan suratini chop etgan. Biznesmen bu ishni siyosatga aloqador deb bilgan. Chunki u AQSh prezidenti Donald Trampni muntazam tanqid qilib keladigan Washington Post’ga egalik qiladi. Devid Peker esa prezidentni qo‘llab-quvvatlaydi.

Bezos bu mojaroda siyosiy qarashlar bor-yo‘qligini aniqlashga kirishgan. Fayn esa agar tekshiruvni to‘xtatmasa, nashr uning yangi suratlarini chop etishi aytilgan xat yuborgan. Unda, shuningdek, suratda nima aks etilgani ham batafsil yozgan.

Теги: Jeff Bezos

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]