Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

UYDA QOLING! | STAY HOME! | ОСТАВАЙТЕСЬ ДОМА!
0

Dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari reytingida O‘zbekiston ikkinchi o‘rinda qayd etildi

Автор: MASSARIкатегория: Qiziqarli faktlarдата: 26.05.2020
Xalqaro Gallup tadqiqot kompaniyasi dunyoning eng xavfli va xavfsiz mamlakatlarini aniqladi. Ro‘yxatdagi davlatlar orasida O‘zbekiston ham bor. Bu haqda Qalampir.uz nashri "Haber7.com” portali xabariga asoslanib ma’lum qilmoqda.

Tahlil davomida 135 ta mamlakat maydoni, xvfsizlik holati, qonun ustuvorligi va tartib kabi bir necha toifalar bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazilib, baholandi.

Mamlakatlar 100 ball tizimida baholandi. Ro‘yxatning 1-o‘rnini 97 ball bilan Singapur band etdi. 2-o‘rinni esa 95 ball bilan O‘zbekiston egalladi. Uchlikni 92 ball jamg‘argan Islandiya band etdi.

Turkiya manbasida keltirilishicha, O‘zbekistonda o‘tkazilgan so‘rovnomada ishtirok etganlar so‘nggi 1 yil ichida mamlakatda notinch vaziyat kuzatilmaganligini ma’lum qilishgan.

Ro‘yxatdan shuningdek, 87 ball olgan Germaniya, 85 ochko bilan Eron, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Kosova, Myanma, Portugaliya, Shvetsiya va AQSh, 83 ochko bilan Marokash, 82 ball olgan Belgiya, 80 ochko bilan Fransiya va Turkiya, 77 ball olgan Iroq, 74 ochko bilan Rossiya va 68 ochko jamg‘argan Ukraina ham joy olgan.

Dunyoning eng xavfli va ishonchsiz mamlakati ham aniqlandi. 42 ball to‘plagan Venesuela eng xavfli davlat deb topildi. Ayni vaqtda bu yerda ommaviy tartibsizliklar bo‘lib o‘tayotganligidan xabaringiz bor. Oqibatda esa tinch aholi qurbon bo‘layotgani haqida ma’lumot berib borganmiz.

Теги: havfsiz davlatlar, o'zbekiston

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]