наверх
Главная » Новости » XXI tehnologiyasi
04:27
Durov Indoneziyada Telegram bloklanganiga munosabat bildirdi

Telegram messenjeri yaratuvchisi Pavel Durov ushbu xizmatga Indoneziyada to‘siq qo‘yilganiga izoh berdi. U Indoneziya aloqa va axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan tarmoqda terrorizm targ‘iboti bilan shug‘ullanayotgan kanallar ro‘yxatini yuborgani, ammo bu kanallarni to‘sishning imkoni bo‘lmaganini tan olgan.

«Biz indonez tili va madaniyatidan yaxshi xabardor mutaxassislardan iborat maxsus moderatorlar guruhini tuzamiz. Bu orqali terrorizm bilan bog‘liq so‘rovlarni aniqlash imkoni ortadi», — degan Durov.

U bu borada Indoneziya hukumatiga so‘rov yo‘llangani haqida ma’lum qilgan.

14 iyul kuni Telegram messenjeri Indoneziya hududida mamlakat aloqa va axborot texnologiyalari vazirligi qarori bilan bloklangandi.
Manba: zamin.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: XXI tehnologiyasi | Просмотров: 192 | Добавил: MASSARI | Теги: Telegram, Pavel Durov, Indoneziya | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]