наверх
Главная » Новости » Turmush chorraxalarida
22:44
«Erimning jazmani borga o‘xshaydi…»

— Turmush o‘rtog‘imning ishxonasi bilan mening ishxonam yonma-yon joylashgan. Men anchadan beri ishga chiqmayotgandim. Yaqinda ishga bordim. Tushlik mahali birga ovqatlanamiz, deb turmush o‘rtog‘imning ishxonasiga o‘tdim. Ammo hamkasblari «Eringiz anchadan beri ishga kelgani yo‘q, mehnat ta’tilida», deyishdi. Lekin erim menga bu haqda lom-mim demagan, eng yomoni esa har kuni ertalab ishga ketyapman, deb chiqib ketardi.

Ochig‘i, bu voqeadan keyin shubhalanib qoldim. Erimga qo‘ng‘iroq qilgandim, telefoni xizmat doirasidan tashqarida ekan. Kechgacha amallab kunni o‘tkazdim-u, darrov uyga shoshildim. Erim odatdagidek soat yettilarda kirib keldi. «Qayerda edingiz?» deb so‘ragandim, «Ishdan kelyapman», dedi. «Yolg‘on gapirmang, bugun ishxonangizga borgandim, yo‘q ekansiz, hamkasblaringiz anchadan beri ishga chiqmayapti, mehnat ta’tilida deyishdi», deganimda menga yalt etib qaradi-da, «Kim aytdi senga erkak kishining ishi bitta bo‘ladi, deb. Ikkita-uchta ishim bor», dedi. Yuz-ko‘zidan charchagani bilinib turardi, shunda «Ehtimol, gapi rostdir», deb o‘yladim. Ammo shubhayu gumonlar menga tinchlik bermay qo‘ydi. Nima qilishni bilmayapman.
… 06-95 abonenti
Manba: hordiq.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Turmush chorraxalarida | Просмотров: 396 | Добавил: MASSARI | Теги: turmush chorraxalarida | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]