наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
22:26
Ertaga O‘zbekistonda harorat ko‘tarilishni boshlaydi

Juma, 7 dekabr kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’tiboringizga havola etamiz. Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, ertaga mamlakatimiz bo‘ylab havo o‘zgarib turadi. Harorat ko‘tariladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Toshkent shahrida harorat kunduzi 7-9 daraja iliq, kechasi 5 darajagacha sovuq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida harorat kunduzi 5-10 daraja iliq, kechasi 3 darajagacha sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida harorat kunduzi 15 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi esa 3 darajagacha tushib ketadi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida harorat kunduzi 6-11 daraja iliq, kechasi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida harorat kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi. Kechas esa 2 darajagacha sovuq bo‘ladi.
Farg‘ona vodiysida kechasi 10 darajalik sovuq harorat saqlanib qoladi. Kunduzi esa harorat 2-7 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Manba: zamin.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 840 | Добавил: MASSARI | Теги: ertangi kun, ob-havo, dekabr oyi, o'zbekiston | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]