наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
22:14
Ertaga ob-havoda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Gidrometeorologiya xizmati markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, ertaga, 14 noyabr kuni mamlakat bo‘ylab quyidagicha ob-havo kuzatiladi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo harorati kechasi -5…-3, kunduzi +5…+7 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 3-8 m/sga yetadi. Havo bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Farg‘ona vodiysida havo kechasi -5…0, kunduzi 0…+5 daraja bo‘lishi kutilmoqda. 3-8 m/s tezlikda shamol esib, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi -7…-2, kunduzi +3…+8 daraja bo‘lib, havo o‘zgarib turadi, 5-10 m/s tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati kechasi -7…-2, kunduzi 0…+5 daraja bo‘ladi. Havo biroz bulutli bo‘lib, shamol tezligi 5-10 m/sga yetadi.

Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo harorati kechasi -5…0, kunduzi +5…+10 darajagacha ko‘tariladi. Shamol tezligi 3-8m/sga yetadi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kechasi -13…-8, kunduzi -5…0 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 5-10 m/sni tashkil etadi. Havo bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Qamchiq dovoni va Chimyonda kechasi -13…-8, kunduzi esa -7…-2 daraja bo‘ladi. 3-8 m/s tezlikda shamol esadi.
Manba: zamin.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 655 | Добавил: MASSARI | Теги: ob-havo, o'zbekiston | Рейтинг: 1.0/1
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]