Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Eski pasportda yurganlar 30 kun ichida biometrik pasport olmasa qancha jarima toʻlashini bilasizmi?

Автор: MASSARIкатегория: O'zbekiston yangiliklariдата: 11.12.2019
Shu paytgacha eski pasportda yurgan, biometrik pasport olmagan fuqarolar 30 kun ichida pasportini almashtirishlari kerak. Aks holda ular Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 223-moddasiga muvofiq 111 500 soʻmdan 669 soʻmgacha jarimaga tortiladi. Bu haqda IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boʻlim boshligʻi Fazliddin Usmonov maʼlum qildi.

“Oʻzbekistonda biometrik pasport olmagan fuqarolarning nobiometrik pasportlarini almashtirish muddati 2019-yil 31-dekabr etib belgilangan boʻlib, biometrik pasportga ega boʻlmagan fuqarolar 31-dekabrgacha taqab bormasdan hozirdanoq doimiy yashash manzillaridagi IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlaridagi maʼlumotlarni yigʻish punktlariga zaruriy hujjatlar bilan murojaat etishlari va biometrik pasport olishlari zarur”, deydi Fazliddin Usmonov.

Biometrik pasport qanday tartibda rasmiylashtirib beriladi?
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda biometrik pasportlar 2011-yilning yanvaridan joriy etilgan boʻlib, eski (nobiometrik) pasportlarni yangisiga almashtirish uchun dastlab 2015-yilning dekabrigacha, keyinchalik 2018-yilning 1-iyuligacha muhlat berilgan edi. Biroq bu vaqtgacha mamlakat aholisining katta qismi pasport almashtirishga ulgurmagani sababli Hukumatning 2018-yil 30-iyundagi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik boʻlmagan pasportining amal qilish muddati 2019-yil 31-dekabrgacha uzaytirilgan.



Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda 2021-yilda biometrik pasport oʻrniga ID-kartalar joriy etilishi kutilmoqda. IIVning xabar berishicha, 2021 amaldagi biometrik pasportning joriy etilganiga 10 yil toʻladi va shu yili berilgan pasportlarning muddati tugaydi. Muddati tugagan biometrik pasportlar bosqichma-bosqich ID-kartalarga almashtiriladi.

Теги: Eski pasport, pasport

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]