наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
21:04
Farg'onada nikoh shartnomasini bekor qilish chog'ida qotillik ro'y berdi

Farg'ona viloyatining Dang'ara tumanida qotillik sodir bo'ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma`lum bo'lishicha, 2018 yil 5 sentabr kuni soat 10:00larda Farg'ona viloyati, Dang'ara tumani, Doimobod qishlog'ida yashovchi I. (1992 yilda tug'ilgan erkak kishi) turmush o'rtog'i S. (1993 yilda tug'ilgan ayol kishi) bilan nikoh shartnomasini bekor qilish uchun tuman FHDYo bo'limi binosiga kelib, o'zaro kelishmovchilik natijasida yonida bo'lgan pichoq bilan turmush o'rtog'iga turli xil tan jarohatlari yetkazib, qasddan o'ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan I.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.
Manba: Kun.Uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 505 | Добавил: KenjaMedia | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]