наверх
Главная » Новости » XXI tehnologiyasi
18:18
Galaxy S9: S8'dan kuchli, biroq ancha arzon flagman bo‘ldi

Janubiy Koreyada Galaxy S9 va Galaxy S9+ flagmanlarining taqdimotidan so‘ng bu modellarni targ‘ib qilishga mo‘ljallangan maxsus “Galaxy Studios” markazlari ishga tushirildi. Samsung bugun ma’lum qilgan xabarlarga ko‘ra, 5 kun ichida 1.5 million nafardan ziyod tomoshabin ushbu markazlarga tashrif buyurgan.

“Galaxy Studios” markazlariga tashrif buyuruvchilar Galaxy S9 flagmanlarini qo‘lga olib tomosha qilishlari va kamera imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishlari mumkin. Jumladan, o‘zlarini suratga olib, sekinlashtirilgan video hamda “AR Emoji” texnologiyasi yordamida shaxsiy virtual qiyofalarini yaratishlari mumkin.

Samsung 2 martdan boshlab yirik yetkazib beruvchilarning hamda brend ishqibozlarining mazkur modellarga buyurtmalarini qabul qilmoqda. Flagmanlar 19 mart kuni Koreya Respublikasida sotuvga chiqariladi.

Samsung‘ning yangi flagmanlari 5,8- hamda 6,2 dyuymli, romdan xoli bo‘lgan Super AMOLED matritsali, yon tomonga qayrilgan dizayndagi Quad HD+ (2960 × 1440 pikselli) sig‘imli ekranga ega bo‘lgan. Bu smartfon hozirda eng kuchli Snapdragon 845 chipseti hamda ilg‘orlashgan kamera texnologiyasi bilan o‘ziga xos.

Aytish joizki, Snapdragon 845 protsessori o‘zining “ajdodi” bo‘lmish Snapdragon 835 chipidan 35 foizga samarali faoliyat ko‘rsatadi.

Galaxy S9 va S9 Plus kameralarida o‘rnatilgan mexanik apertura, ya’ni yorug‘likni taqsimlaydigan moslama hali biror flagmanda kuzatilmagan. Bunda apertura moslamasi surat olinayotgan sharoitdan kelib chiqib f/1.5 va f/2.4 oralig‘idagi standartni mustaqil belgilaydi. Natijada, yorug‘lik past sharoitda ham ISO me’yorida bo‘lib, surat yaxshi chiqadi.

Eng qiziq jihati, Samsung bu gal narx masalasida ancha yon bergan. Misol uchun, S8 modellari avvalgi flagmanlarga nisbatan 100 dollarga qimmatlashgan edi. Samsung Galaxy S8 $799 dollar, S8 Plus — $899 dollardan sotuvga chiqarilgan edi.

S9 modeli esa $720 dollar hamda S9+ modeli $840 dollar bahosida savdoga chiqariladi. Shunday bo‘lsa ham, savdo kutilganidek bo‘lmasligi mumkin. Samsung hozircha avvaldan buyurtma natijalarini e’lon qilgani yo‘q. Vaholanki, Samsung Galaxy S8’ga avvaldan buyurtma olishni boshlaganidan 4 kun o‘tib, 550,000 ta Galaxy S8 buyurtma qilingan.


Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: XXI tehnologiyasi | Просмотров: 1214 | Добавил: KenjaMedia | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]