наверх
Главная » Новости » Dunyo yangiliklari
21:03
Germaniya sudi Karles Puchdemonni garov evaziga qo‘yib yubordi

Germaniyaning Shlezvig shahri sudi Kataloniya sobiq rahbari Karles Puchdemonni garov evaziga qo‘yib yuborishga qaror qildi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.

Garov summasi 75 ming yevroni tashkil etdi.

Sud qarorida oldinroq Puchdemonni Ispaniyaga badarg‘a qilish bo‘yicha qaror qabul qilingani, biroq uning ijrosi to‘xtatib qo‘yilgani qayd etilgan.

OAVga ko‘ra, sudning Kataloniya sobiq rahbarini qamoqqa olish to‘g‘risidagi qarori uchun isyonga da’vat emas, balki davlat mablag‘larini talon-taroj qilishda ayblov asos bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Karles Puchdemon shu yil 25-mart kuni Finlyandiyadan Belgiyaga ketayotganda Germaniyada qo‘lga olingandi.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 266 | Добавил: VerSign | Теги: sudi, Karles, Germaniya | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]