наверх
Главная » Новости » Avto Olam
19:04
GM Uzbekistan avtomobillarining narxi o‘sishi uning savdosi o‘sishiga ta‘sir qilmadi

GM Uzbekistan iyun oyida ichki bozorda 10519 ta avtomobil sotdi. May oyida 8900 ta mashina sotilgan edi. Bu haqda 5-iyulda Asaka avtomobil zavodida OAV vakillari uchun uyushtirilgan matbuot safari davomida kompaniya bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov ma’lum qildi.

Kompaniya bosh direktori tomonidan ma’lum qilinishicha, eksport hajmi ham oshmoqda. Aprel oyida 1600 ta, may oyida 2300 ta avtomobil eksport qilingan bo’lsa, iyunda 2500 ta mashina eksport qilindi.

Avvalroq, GM Uzbekistan nima uchun o‘z avtomobillari narxini dollarga bog‘lab qo‘yganiga izoh bergan va shu kabi boshqa savollarni batafsilroq yoritish maqsadida kompaniya tomonidan OAV vakillari uchun avtomobilsozlik tarmog‘i korxonalariga matbuot safari uyushtirilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan edi.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Avto Olam | Просмотров: 931 | Добавил: MASSARI | Теги: avtomobil narxlari, GM Uzbekiston | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]