наверх
Главная » Новости » Dunyo yangiliklari
08:38
Go‘zallik tanlovi g‘olibasi finalda o‘z ismini eshitib, sahnada hushidan ketdi

«Miss Grand International – 2018» go‘zallik tanlovining paragvaylik g‘olibasi natijalar e’lon qilinayotganida o‘z ismini eshitib, hushdan ketdi, deb xabar beradi «Tengrinews»ga asoslanib Daryo.uz.

Xalqaro go‘zallik tanlovi Myanmada 5 oktyabr kuni boshlangan edi. 80 ta mamlakatdan kelgan qizlar uch hafta mobaynida eng go‘zal qiz e’tirofiga sazovor bo‘lish uchun bellashdi.

Finalga qadar qizlar bir nechta oraliq tanlovlardan o‘tdi. Milliy kiyimlar va cho‘milish kiyimlari tanlovi shular jumlasidan.

Tanlovning kun tartibi tig‘izligiga qaramasdan qizlarga Myanmaning diqqatga sazovor joylari ko‘rsatildi, milliy oshxonasi bilan tanishtirildi, fotosessiya o‘tkazildi. Shuningdek, tanlov ishtirokchilari dastur doirasida sharq mamlakatining ikki shahriga parvozni amalga oshirdi.

25 oktyabr kuni tanlov g‘olibasini aniqlash marosimi o‘tkazildi. Paragvaylik Klara Rosa tanlovning mutlaq g‘olibasi deb topildi. Uning ismi sahnada e’lon qilinishi bilan qiz hushidan ketib qoldi.

Klara Rosaga 40 ming AQSh dollari va tanlov tashkilotchilari bilan bir yil hamkorlik shartnomasi taqdim etiladi.
Manba: zamin.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 1466 | Добавил: MASSARI | Теги: Klara Rosa, Miss Grand International – 2018, go'zallik tanlovi | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]