Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Gokberk Demirji (Gökberk Demirci) - Qasam turk serialida Emir rolini ijro etgan aktyor hayoti haqida

Автор: MASSARIкатегория: Kino va Serial yangiliklariдата: 16.12.2019
Tug'ilgan yili: 20-oktyabr 1989-yil (30 yosh)
Oilaviy ahvoli: uylanmagan
Bo'yi: 1,81sm
Vazni: 80 KG
Muchali: tarozi


Kelishgan aktyor Gokberk Demirchi 1989-yil oktyabr oyida Izmit, Kojaeli shahrida tug'ilgan. Otasi Adanalik. Gokberk otasining ishi tufayli Izmitda yashashgan paytligida tug'ilgan va keyinchalik ko'plab shaharlarda yashagan. Uning ukasi mototsikl halokatida 18 yoshida vafot etgan. Gekberk mototsikllarni yaxshi ko'radi, lekin ukasining o'limi tufayli voz kechishga majbur bo'ldi. Endi u oilada yagona farzand.

Aktyorning shaxsiyatidan tashqari, u o'tmishda aralash sport bilan shug'ullangan. Ta'lim davomida bolalar o'yinlarida ishtirok etgan. U kariyerasini yugurish sport turidan boshlagan va basketbol, boks kabi sport bilan shug'ullanishni davom ettirgan.

Bir muncha vaqt mobaynida u italiyalik fotosuratchi Eduardo Delil bilan model bo'lib ishlagan. Uning balandligi 1,81 sm va vazni 80KG. Ko'z rangi jigarrang, soch rangi kashtan.

U hayvonlarni sevadigan va bo'sh vaqtlarida musiqa tinglaydigan muvaffaqiyatli aktyor.



"Rexona Survivor" va "Letgo" hujjatli filmidan tashqari, u "Rexona Survivor" va "Letgo" brendining yuzi edi.

SHAXSIY HAYOTI

Aktyor ijtimoiy media va jurnallardan uzoq turishni afzal ko'radi. Biroq, u fotosessiyalardan fotosuratlarini Instagram sahifasiga muntazam joylab boradi. U erda 37,2 ming obunachisi bor.

Gekberk bo'ydoq. Yoqtirgan qizi bormi yo'qmi, noma'lum. U shaxsiy hayoti haqida ko'p gapirmaydi. Unga berilgan turli savollarga javoblarni e'tiboringizga havola etamiz.

Aktyor bo'lishni hohlaganmidingiz?

- Men ishtirok etgan har bir loyiha, men o'ynagan har bir rol menga juda ko'p narsalarni berdi. Odamlar, ishim menga juda yoqadi. San'at yaxshi, san'at bor joyda yaxshi odamlar bo'ladi. Har bir rolda turli odamlarni bilaman, turli his-tuyg'ular his qilaman.

Sizning sevimli mashg'ulotingiz?

- Aktyorlik - men hozir qiladigan yagona hobbim. Men endi ringda emasman, lekin imkoniyat topdim deguncha qum qoplarida mashq qilaman. Va hayvonlar bizning eng katta do'stlarimiz. Men ularga ko'p vaqt sarflayman. Menda Charli ismli mushuk bor, lekin u mushuk ekanligini bilmaydi (kuladi). Bu boshqa narsa, bu, albatta, tushunarsiz sevgi. Iltimos, odamlar, ularga zarar bermang va ularni seving.

Siz muxlislaringizga nima deyishni xohlaysiz?

- Salom do'stlarim, tanishlarim, obunachilarim va o'qiganlarning barchasi! Men, albatta, hammangiz baxtli va hursand bo'lishingizni hohlayman. Men Allohdan barchaga salomatlik, tinchlik va baxt tilayman.

Теги: yulduzlar biografiyasi, Gökberk Demirci, Qasam, Gokberk Demirji

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]