наверх
Главная » 2017 » Iyul » 17 » Google kompaniyasi fizigi: “ishlaydigan” kvant kompyuterini yaratishimizga yaqin qoldi
16:54
Google kompaniyasi fizigi: “ishlaydigan” kvant kompyuterini yaratishimizga yaqin qoldi

Google’ning yetakchi kvant texnologi Jon Martinis o‘z laboratoriyasida o‘ta qudratli kvant kompyuteri yaratilayotgani, uning ishini oddiy kompyuterlar yordamida tekshirish mumkin emasligi haqida gapirib berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Biz hozirda juda kuchli hisoblash tizimini yaratishga tayyorgarlik ko‘ryapmiz va hatto bu ishni boshladik. Avvalo, biz ‘kvant ustunligi’ jumbog‘ini yechib, kvant kompyuterlar haqiqatan ham ‘yechib bo‘lmaydigan’ vazifalarni hal eta olishini isbotlamoqchimiz, shundan so‘nggina uni amaliyotda qanday qo‘llash ustida bosh qotiramiz”, — dedi Jon Martinis.

Kvant kompyuterlar qanday kutilmagan topshiriqlarni bajara olishi haqidagi savolga javob berar ekan, Jon kimyodagi kvant jarayonlarni o‘rganishni tilga oldi.

“Bu yerda biz kvant hisoblash tizimlari ‘otasi’ Richard Feynman aytgan gapga qaytamiz — biz murakkab kvant muammolarni yechish va murakkab kvant tizimlar xulqini tavsiflash uchun kvant kompyuterlarni yaratamiz”, — dedi u.

“Rasmiy nuqtai nazardan qaraganda, bunday kompyuter ishini klassik hisoblash tizimlari yordamida tekshirib bo‘lmaydi, ammo bunday tekshiruvni kvant kompyuteri ichida yuz berayotgan narsalarni to‘liq o‘qish yordamida amalga oshirish shart emas, — dedi texnolog. — Biz shunchaki kompyuter ichidagi parallel hisoblashlar haqiqatda amalga oshayotgani, uning quvvati to‘g‘ri tarzda kubitlar soni o‘sishiga qarab ko‘payayotganiga ishonch hosil qilishimiz kerak”.
Категория: XXI tehnologiyasi | Просмотров: 87 | Добавил: VerSign | Теги: Google | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]