Регистрация
Меню сайта
Статистика

Онлайн всего: 128
Гостей: 128
Пользователей: 0
0

Gulnora Karimova 865 million dollar miqdorida pora olishda ayblanmoqda

Автор: VerSignкатегория: O'zbekiston yangiliklariдата: 19.03.2019
O‘zbekiston sobiq prezidentining qizi Gulnora Karimova va MTS’ning O‘zbekistondagi sho‘ba korxonasi - “Uzdunrobita” sobiq bosh direktori Behzod Ahmedov AQShda pul yuvish va 865 million dollar miqdorida pora olishda ayblanmoqda. Bu haqda “Kun.uz” xabar berdi.

“Bugun O‘zbekiston sobiq rasmiy vakili, O‘zbekiston sobiq rahbarining qizi Gulnora Karimova va Rossiyadagi eng yirik telekommunikatsiya kompaniyasi - ‘Mobilniye TeleSistemi’ (‘MTS’)ning O‘zbekistondagi sho‘ba korxonasi ‘Uzdunrobita’ sobiq bosh direktori Behzod Ahmedovga nisbatan jinoiy ish ochilgani haqida e’lon qilindi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, jinoiy ish “xorijiy korrupsiya amaliyotlari to‘g‘risidagi qonun tarixida eng yirik holat” yuzasidan ochilgan.

Prokuraturaning taxminicha, Karimovaga hammasi bo‘lib 865 million dollar to‘lab berilgan.

Bosh prokuror yordamchisi Brayn Benchkovskiyning so‘zlariga ko‘ra, Gulnora Karimova uchta telekommunikatsiya kompaniyasidan 865 million dollar miqdorida pora olish va keyinchalik bu poralarni AQSh moliya tizimi orqali yuvish uchun o‘z rasmiy mavqeidan foydalanishda ayblanmoqda.

MTS’dan tashqari, matnda Vimpelcom LTD (Bilayn) hamda Telia Company AB (Telia) haqida so‘z yuritilgan.

Rossiyaning MTS mobil operatori AQShning qimmatbaho qog‘ozlar va birjalar komissiyasi va adliya vazirligi bilan O‘zbekistondagi sobiq sho‘ba korxonasi atrofidagi tergov yuzasidan kelishuv tuzdi va bu kelishuv doirasida 850 mln dollarlik jarima to‘laydi.

2015-yil bahorida AQSh adliya vazirligi Niderlandiya prokuraturasi bilan birgalikda Vimpelcom, MTS va TeliaSonera kompaniyalarining Gulnora Karimova bilan aloqasi borligi ta’kidlanadigan Takilant kompaniyasi bilan bitimlari yuzasidan tergov boshlagan. O‘sha yil avgustida AQSh hukumati Yevropaning 5 ta davlatiga ushbu ish bo‘yicha bir milliard dollarlik aktivlarni muzlatib qo‘yish iltimosi bilan murojaat qilgan.

Tergov versiyasiga ko‘ra, aloqa operatorlari korrupsiyaviy sxema yordamida Gulnora Karimova bilan bog‘liq tuzilmalarga O‘zbekiston bozoriga chiqish, chastotalar olish va boshqa bitimlarni amalga oshirish huquqi evaziga yuzlab million dollar o‘tkazishgan. 2016-yilda Vimpelcom ushbu ish doirasida 795 million dollar to‘lab bergan.

Avvalroq, Bosh prokuratura Gulnora Karimovaning o‘z joniga qasd qilgani haqidagi gap-so‘zlarni inkor etgan edi.

Теги: Gulnora Karimova, 865 million dollar miqdorida pora o

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]