наверх
Главная » Новости » Dunyo yangiliklari
23:20
“Koinot go’zali – 2017” nomi aniqlandi

Amerika Qo’shma Shtatlarining Las-Vegas shahrida dunyoning eng mashhur va hashamatli tanlovlaridan biri bo’lmish “Koinot go’zali – 2017” g’olibasi nomi aniqlandi. Ushbu tanlov 1996 yildan 2015 yilga qadar hozirgi AQSH prezidenti Donald Trampga tegishli bo’lgan.

Planet Hollywood mehmonxonasida o’tib o’tgan shou 3 soat davom etdi va unda koinotning turli burchaklaridan kelgan 92 nafar sohibjamol o’zaro bellashdilar. Bu yilgi “Koinot go’zali” nomini Janubiy Afrika Respublikasi vakilasi Demi Li Nel Piters qo’lga kiritdi.

Tanlovning asosiy sovrinlaridan biri bo’lmish go’zallik tojini o’tgan yilgi g’oliba – fransiyalik Iris Mittenar Demi Li Nel boshiga taqib qo’ydi.

Tanlov g’olibasi e’lon qilinishidan bir necha daqiqa avval Demi Liga an’anaviy tarzda “ Qaysi bir sifatingiz bilan g’ururlanasiz va uni tanlov paytida qanday qo’lladingiz?” degan savol berildi. Demi Li esa eng muhimi o’ziga bo’lgan ishonch ekanligi, o’z qo’rquvlarini yengib o’ta olganligini aytib, boshqa ayollarga ham aynan shuni tavsiya qildi.
$IMEAGE2$
Shuningdek Piters tanlov chog’ida “Miss JAR” nomiga erishgan kuni tunda uni o’g’irlab ketmoqchi bo’lganlari va qattiq ruhiy jarohat olgani, shu sababli ayollar uchun o’z-o’zini himoyalash dasturiga asos solgani haqida gapirib berdi, deyiladi xabarda.

Tanlovda ikkinchi o’rinni kolumbliyalik Laura Gonsales, uchinchi o’rinni esa Yamaykalik Davina Bennetlar qo’lga kiritishgan.
Manba: zamin.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 1438 | Добавил: MASSARI | Теги: Koinot Go'zali, tanlov | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]