Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9


UYDA QOLING! | STAY HOME! | ОСТАВАЙТЕСЬ ДОМА!
0

Habib Nurmagomedov: «Sport zalidan tashqarida nimalar ro‘y berayotganiga umuman tushunmayapman»

Автор: MASSARIкатегория: Sport yangiliklariдата: 05.04.2020
UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov Toshkent vaqti bilan 19 aprel kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan Toni Fergyusonga qarshi jangining koronavirus pandemiyasi sabab bekor qilinishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

«Sport zalidan tashqarida nimalar ro‘y berayotganiga umuman tushunmayapman. Menda ham boshqalarda bo‘lgani kabi ma’lumotlar bor, xolos. Men zalda mashg‘ulotlarni davom ettiryapman. Kelajakda nima bo‘lishini esa hech kim bilmaydi», — deydi Habib.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFC prezidenti Deyna Uayt janglarni bekor qilish niyatida emasligini, faqat janglar muxlislarsiz arenada o‘tishi mumkinligini aytgandi.

Ma’lumot uchun, Habib—Fergyuson jangi Las-Vegasda bo‘lib o‘tishi belgilangan. Bu ikkala sportchi o‘rtasidagi jangni tashkil etishga qaratilgan beshinchi urinish hisoblanadi.

Теги: Toni Fergyuson, Habib Nurmagomedov, UC

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]