Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Habib Nurmagomedovning otasi koronavirusdan vafot etdi

Автор: MASSARIкатегория: Sport yangiliklariдата: 09.08.2020
UFC bo‘yicha jahon chempioni rossiyalik Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmannop Nurmagomedov vafot etdi. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining telegram-kanalida yozdi.

«Do‘stlar, menga Abdulmannop Nurmagomedov dunyoni tark etgani haqida qayg‘uli xabar yetib keldi. Chechen xalqi nomidan Abdulmannop Magomedovichning oilasiga hamdardlik bildiraman», deb yozgan Qodirov kanalida.

Ma’lumot uchun, Abdulmannop Nurmagomedov aprel oyining oxiridan buyon kasalxonada yotgandi. U avvaliga og‘ir yurak operatsiyasini boshdan kechirgan, keyinchalik murabbiyning tanasida koronavirus aniqlangan. Habib Nurmagomedov otasini davolashda yordam berish uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaat qilgan va sportchining otasiga yuqori darajada tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Yaqinda Habib Nurmagomedov otasining ahvoli haqida ma’lumot berib, u koronavirusdan xalos bo‘lgani, ammo yurak va buyrakning zaiflashgani sabab hamon ahvoli og‘irligicha qolayotganini aytgandi.

Теги: Xabib Nurmagomedov, Koronavirus, Abdulmanop Nurmagomedov, UFC

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]