Поиск на сайте
Меню сайта

Главная

Музыки

Фильмы

Клипы

Фото


Новости

СМС Стихи

Саундтрек

Андроид

Полезное
Реклама
  DAXSHAT +18 VIDEOLAR
"TIK-TOK TREND MP3LAR"
  KATTALAR UCHUN KINOLAR +18
«Hali jiddiylashmadik» — Putin «rus armiyasining qudrati» haqida gapirdi
«Hali jiddiylashmadik» — Putin «rus armiyasining qudrati» haqida gapirdi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arb va Ukraina yetakchilarining ruslarning urushda mag‘lub bo‘lishi haqidagi fikrlariga izoh berdi.

Putinga ko‘ra, mamlakat armiyasi potensiali juda katta, lekin Rossiya kuchlari hali Ukrainadagi janglarda o‘z salohiyatini to‘liq namoyon eta olmagan, deya yozadi Lenta.

«Hamma bilishi kerakki, biz, umuman olganda, hali jiddiy ish boshlaganimiz yo‘q», — deya ogohlantiruvchi ohangda gapirgan RF prezidenti.

Rossiya prezidenti ham Moskvaning tinchlik muzokaralariga tayyorligini tasdiqladi. Shu bilan birga, Putin muzokaralarni rad etish ularni qaytadan yo‘lga qo‘yishni qiyinlashtirishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 24 fevraldan boshlangan va Rossiya rasmiy doiralari «maxsus harbiy operatsiya» deya atagan qurolli hujum rasmiy Moskvani ko‘plab sanksiyalarga duchor qildi.

Shuningdek, Ukraina tomoni ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lgan rus askarlari soni qariyb 30 ming nafarga yaqinlashdi. Bu muddat ichida Rossiya Ukrainaning Xerson, Zaporoje, Donetsk va Lugansk viloyatlaridagi hududlarni egallab olishga erishdi.

Bir necha oy avval AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Uilyam Byorns Vladimir Putin Ukrainadagi muvaffaqiyatsiz harbiy harakatlar ortidan yadro qurolini qo‘llashi mumkinligidan ogohlantirgandi. Ukraina mudofaa vazirligi esa yadro qurolini Putin qo‘lidagi so‘nggi «ko‘zir qarta» deya atagan.
Поделиться:
Категория: Dunyo yangiliklari
Новие музыки
Статистика
Яндекс.Метрика