наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
21:05
I va II guruh nogironligi bo'lgan ayrim shaxslarga imtiyozli pensiyalar tayinlanadi

2018 yil 10 sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta`lim va sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasi ishchi guruhining “Uy-joy kommunal xizmatlarni ko'rsatish va aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini ta`minlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni muhokamasiga bag'ishlangan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar berdi.

Ta`kidlanganidek, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 30 avgust kuni qabul qilingan mazkur qonunning maqsadi to'lov intizomini mustahkamlashga, shuningdek ayrim toifadagi I va II guruh nogironlarga imtiyozli pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgandir.

Mazkur Qonun bilan O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksi ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz uchun to'lov intizomini mustahkamlashga, kommunal xizmatlar uchun o'z vaqtida va to'liq haq to'lanishiga erishishga, shuningdek debitor qarzdorlikni kamaytirishga qaratilgan normalar bilan to'ldirilmoqda.

Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to'g'risida”gi Qonuniga kiritilayotgan qo'shimchalarga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro'yxat bo'yicha – I va II guruh nogironligi bo'lgan ayrim toifadagi shaxslarga imtiyozli pensiyalar tayinlash tartibi takomillashtirilmoqda.

Qonun muhokamasi chog'ida ishchi guruh a`zolari o'z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Manba: Kun.Uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 329 | Добавил: KenjaMedia | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]