наверх
Главная » Новости » Kino va Serial yangiliklari
13:13
Ichkarida turk serial voqealar rivoji (69, 70, 71-qismlar)

Sarp Handonni uyiga nonushtaga boradi. Undan sumka qayerda turganini bilib, Yusufga aytadi. Yusuf odamlarini birma-bir so'roq qilib, xonaga birinchi Mert kirganini va faqat u xonani tintiganini bilib, undan shubha qilib qoladi.
Sarp Mertni uyiga kirib, kamera joylaydi. U yerdan sim-kartalar topadi. Ularni rasmga oladi. Shu payt Mert keladi. Sim-kartalarni olib Jalol bilan telefonda gaplashadi. Sarp uni eshitib turadi. Sim-kartalarni o'zim yetkazaman deb chiqib ketadi.
Mert sim-kartalani bitta chekka uyga olib borib devor tagiga qo'yib ketadi. Sarp uni kim olib ketishi haqida o'ylab kutadi. U yerga Oysha kelib, sim-kartalarni olib ketadi. Sarp Oyshani taqib qilib sim-kartalarni Dovudga berganini ko'radi.
Yusuf Mertni Jalol otani odami deydi. Jalol ota Handon bilan qayerda yuk oldi-sottisi qilishni aniqlashni Sarpga aytadi. Malak yangi ofis ochadi. Uning ilk mijozi Handon bo'ladi. Handon undan bir odamga qarshi davo ochishini so'rab, chek berib ketadi. Malak o'sha odam bilan uchrashadi. U Malakga suykala boshlaydi. Malakni jahli chiqib u yerdan ketadi. Ularni Handonni odami rasmga oladi. Handon Malak endi qo'limizda, navbat Jalolga deydi. Malakni ofisiga Yeshim keladi. Keyin Sarp keladi. Malak "bir mijoz keldi, lekin ishini olmadim" deydi. Handon Jalol bilan ovqatlangani boradi. Sarp ham ular bilan ovqatlanishini so'raydi. Jalolga "oyog'imga botayotgan bir tosh bor. Uni yo'qotsangiz siz bilan ish qilishga roziman" deb Malak bilan uchrashgan odamni rasmini ko'rsatadi. Uni aynan Sarp o'ldirishini so'raydi. Mert ham Handonni uyiga kirib mikrofon qo'yib ketadi.
Samo Mertdan yana nimalar qilib yurganini so'raydi. Mert Jalolni izidan tushganman deb qandaydir qog'ozlarni ko'rsatadi. Sarp Yusufga Handon Jalol bilan ishlashi uchun shart qo'ydi deydi. Yusuf nima desa Sarp "iloji yo'q narsamas, havotir olmang. Bir yo'lini qilib, Jalolni Handon bilan ishlashiga erishaman" deydi. Yusuf o'shanda Jalolni ham Mertni ham qo'lga olamiz deydi.
Sarp Nejatni qo'lga olib, Jalolni oldiga olib keladi. Handonni ham chaqirishadi. O'sha yerda Sarp Nejatni otib tashlaydi. Jalol borib, uni tomirini tekshirib ko'rib, avvaldan qazilgan qabrga itarib yuboradi….
DAVOMI BOR...
Manba: zamonaviy.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Kino va Serial yangiliklari | Просмотров: 2534 | Добавил: MASSARI | Теги: Voqealar rivoji, Ichkarida, Turk serial | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]