наверх
Главная » Новости » XXI tehnologiyasi
00:22
Internet orqali pul topish imkoniga ega bo‘lishni xohlaysizmi?

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi informatika bo‘yicha o‘quv dasturini qayta ko‘rib chiqish uchun IT-Nation loyihasini boshladi. Loyiha maktab bitiruvchilarini axborot texnologiyalari sohasidagi kasblarda ishlashlari uchun kerakli bilimlar bilan tayyorlashga qaratilgan. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov GDG-Tashkent — DevFest festivali ochilishida e’lon qildi.

Axborot texnologiyalari sohasi dunyoda eng tez rivojlanayotgan sanoatlardan biridir. O‘zbekiston AKT sohasida mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqara oladigan, eksport qila oladigan mutaxassislarni tayyorlashga o‘z diqqatini qaratishi kerak, deb hisoblagan vazirlik informatika fani o‘quv dasturi va darsliklarini zamonaviy talablarga javob berishi uchun qayta ko‘rib chiqishni boshladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“IT-sanoati yoshlarga katta imkoniyatlar taqdim etadi va ular ish topishlari, maktabni bitirganlaridan so‘ng internet orqali, mamlakatni tark etmasdan, munosib pul ishlashlari mumkin. Hozirda bir necha universitetlar bu sohada mutaxassislar tayyorlamoqdalar, lekin xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda dasturlash asoslarini bolalar maktabdan boshlashlari lozim, — dedi vazir.
Manba: zamin.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: XXI tehnologiyasi | Просмотров: 992 | Добавил: MASSARI | Теги: pul ishlash, Internet | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]