наверх
Главная » Новости » Dunyo yangiliklari
01:14
Internetda “Koinot go’zali”ning pardozsiz surati paydo bo’ldi

Sizga xabar berilganidek, kuni kecha JARlik Demi Li Nel Piters “Koinot go’zali – 2017” nomiga sazovor bo’lgan edi. Endiliklar internet tarmog’ida uning pardozsiz ko’rinishdagi suratlari tarqalmoqda.

Ma’lumotlarga ko’ra, Demi JARdagi Shimoli-G’arbiy universitetning “Biznesni boshqarish” yo’nalishida ta’lim olgan. Ammo qiz bu soha bo’yicha ishlash istagida emas. Demi go’zallik tojini qo’lga kiritganidan keyin reklama shartnomasini tuzdi va endilikda unga ko’ra dunyo bo’ylab turli hayriya tadbirlarida ishtirok etadi.

Biroz avvalroq, Demi o’z mamlakatida hasta bolalarga qo’lqop bilan ovqat yedirgani uchun ko’pchilikning g’azabiga duchor bo’lgandi.
Manba: zamin.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 2440 | Добавил: MASSARI | Теги: Dunyo go'zali, Internet, Koinot Go'zali | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]