наверх
Главная » Новости » Kino va Serial yangiliklari
08:24
Intiqom Alangasi hind seriali voqealar rivoji (127-qism)

Dip xamshira chaqiradi va Anjalini yuzini yopib qo'yib, hamshira bilan ketadi. Xonaga kirishda "Uzr, meni telefonimni unutibman" deb ortiga qaytadi. Qarasa Anjali go'yib bo'lgan. Dip uni qidira boshlaydi. Balki Doatiri ko'rib qolgandir deb o'ylaydi. Doktor yo'lakda xamshiraga "kasalim yo'qolib qoldi. Bor uni topib kel" deb baqirayotganini eshitib qoladi. Dip "uni kim olib ketdi ekan" deb, Mausiga qo'ng'iroq qiladi va Tarani qayerda ekanligini so'raydi. Mausi Tarani xonasiga qaraydi va u yo'q ekanligini aytadi. Dip Viratni so'raydi. Virat ham uyda yo'qligini aytadi.
Dep: - Anjali qayerda? U haqida yana kimdir biladi? - deydi.
So'ng uyga boradi. Mausi Tara hali ham qaytmaganini aytadi. Tara esa telefonini ko'tarmaydi.
Mausi Dipga: - Hali telefonda aytmoqchi edim. Telefonni o'chirib qo'yding. Anjali ham uyda yo'q - deydi.
Dip Viratni yoniga borib, Anjali qayerdaligini so'raydi.
Virat: - U meni qaylig'im. Seni nima ishing bor? - deydi.
Dip: - Uni topishing kerak. Chunki uning hayoti havf ostida.
So'ng Dip xonasiga kiradi va yana Taraga qo'ng'iroq qiladi. Tara esa vannaxonadan chiqib keladi.
Dip: - Shuncha paytdan beri vannaxonadamiding? Yolg'on gapirma, qayerda eding?
Tara javob bermasdan Dipga osiladi.
Dip: - Anjali qayerda? - deydi.
Taraning jaxli chiqadi: - Nima u senga yoqib qoldimi? - deydi.
Dip yana Anjalini so'raydi.
Tara: - Uni o'ldirdim. Chunki u oramizga tushmoqchi edi. - deydi.
Dip bu gapdan shokka tushadi. Mausi xonaga kiradi va pastga tushishlarini aytadi. Pastga tushishsa jurnalist Kashyap turgan bo'ladi.
Dip: - Bu yerda nima qilyapsiz?
Kashyap: - Menga shunday xabar keldi. Bu yerda kimnidir hibsga olishmoqchi ekan.
Dip: - Bu yerda unday gap yo'q. Kimni hibsga olisharkan?
Kashyap: - Sizni, Dip Raj Singhni. Sizni mashinangiz bugun bir qizni urib ketgan.
Dip bu Tarani ishi bo'lsa kerak deb o'ylaydi. Dip bugun boshqa bir politsiya mahkamasida bo'lganini aytadi. Inspektor qo'ng'iroq qilib, Dipni gapi xaq ekanligini bilgach, u yerdan ketmoqchi bo'ladi.
Dip: - O'sha qizni ko'rsam bo'ladimi? - deydi.
Dip, Tara va Virat shifoxonga borishadi. O'sha qiz Arohi bo'ladi. Dip o'ylab qoladi "Bu Arohimi yoki Anjali" deb.
Virat: - Nima bo'ldi Anjali? - deydi.
Arohi esa Dipga qarab: - Nima haqida o'ylayotganingni bilaman - deydi va doktorga qaraydi.
Arohi Anjalini tasodifan yo'lda ko'rib qolib, uni doktorga olib keladi va doktorga uning hayoti havf ostida ekanligini, uni davolashini va hechkimga aytmasligini aytib, doktorga pul beradi. Doktor pulni olmaydi va "Bu mening burchim. Havotir olmang!" deydi.
Virat: - Uni uyga olib ketsam maylimi doktor?
Doktor: - Ha mayli. Jarohatlari unchalik kuchli emas - deydi.
Uyda hamma birgalikda ovqatkanayotsa, Virat Arohiga mehribonchilik ko'rsatadi.
Tara: - Virat sen rostdan ham o'zgaribsan. Senga hayron qolyapman. Sen o'sha birinchi sevgilisini ziyofatdan so'ng olib qolib, ko'ngilxushlik qiladigan Viratga umuman o'xshamayysan. - deydi.
Virat: - Sen buni qayerdan bilasan? Buni faqat oyim va Tara bilardi - deydi.
Tara esa nima deyishini bilmay qoladi.
Dip: - Unga men aytdim. Tara menga aytgandi - deydi.
Arohi: - Qachongacha Arohi ekaningni isbotlarkansan. Eshitishimcha, bu uyda oldin Tara bo'lib yashagan ekansan a? Qiyin bo'lsa kerak, Tara bo'lib turib, Arohi bo'lish. Vay uzr Arohi bo'lib turib, Tara bo'lish demoqchi edim. Tasavvur qilyapman. Seni nafratlangan odaming ismi bilan chaqirishsa, sen o'zing u qilib ko'rsatish juda qiyindir a? - deydi Taraga.
Dip: - Biz haqimizda ko'p narsani bilarkansan? - deydi.
Anjali: - Ha, ahir Virat qallig'imku. Uning oilasi haqida bilishga qiziqaman - deydi.
Dip o'ylanib qoladi. "Bu Arohimi yoki Anjali? Anjali bo'lsa, Arohi qayerda? Arohi bo'lsa Anjali qayerda?"
Arohi ham o'ylaydi: - Nima haqida o'ylayotganingni bilaman. Endi sen ham qiynalgin, meni kimligimni bilolmay - deydi.
Virat unga qo'lida ovqat yedirmoqchi bo'ladi.
Arohi yana o'ylaydi: - Undan nafratlansam ham Dip shubxalanmasligi uchun uning qo'lidan ovqat yeyishga ham chidayman.
Arohining telefoni jiringlaydi va u o'rnidan turib ketadi.
Chavanni: - Kechadan beri mazam yo'q!
Arohi: - Hozir boraman.
Arohi chiqib ketayotganda Virat undan qayerga ketayotganini so'raydi. U doktorga borib kelishini aytadi. Chavannini yoniga kimdir keladi. Arohi qarasa mashinasini to'rtala baloni ham teshilgan edi. Buni kimdir atayin qilgan deydi. So'ng taksi to'xtatib, mehmonxonaga borsa, Chavanni yo'q bo'ladi. Pol qon bo'ladi. Arohi javon ustidagi sur'atni ko'radi:
- Bu javonni qayerdadir ko'rganman deydi. Haaa, Dilipni xonasida.
U shunday degancha uyga yuguradi. Dilipni xonasiga kiradi va javonga qaraydi. Javon joyida yo'q bo'ladi. Javonni topib ichini ochsa, ichidan Chavanni yarador xushsiz holatda yiqiladi.
Arohi baqiradi: - Chavanni... Hoy yordam bering - deydi.
Dip, Virat va Tara yugurib kelishadi. Virat: - bu Chavanniku. Bu yerga qanday kelib qoldi? - deydi.
Arohi: - Doktor chaqir. - deydi.
Virat doktor chaqiradi. Doktor Chavannini ko'rib ketadi.
Dip: - Sen uni ismini qayerdan bilasan? Sen uni tanimaysanu? - deydi.
Arohi: - Yo'q. uni ismini bilmayman. Ismi Chavannimi? Men uni shu holda topdim. Keyin yordamga chaqirdim - deydi.
Virat: - Sen yaqinda ona bo'lasan. Shunga bolani bu ahvolda ko'rib ta'sirlangansan. Lekin hayronman. Havotir olishi kerak bo'lgan odam miq etmayapti. Arohi Chavanni sen uchun juda aziz ediyu. Unga qaramading ham. - deydi.
Tara: - Men uni bu ahvolda ko'rib, hayratga tushdim. - deydi va Chavannini o'padi.
- Senga o'zim g'amxo'rlik qilaman. - deydi Tara.
Dip: - Yo'q. unga o'zimiz qaraymiz. Uni kerakli joyga jo'natamiz, ya'ni xonasiga. - deydi.
Chavannini olib ketishadi. Arohi esa undan havotir oladi. Tara Chavannini yotqizib, "Jim yur" uni qo'rqitadi.
Arohini xonasiga kimdir maktub o'ralgan xat otadi.
Xatda "Men siringni bilaman" deb yozilgan bo'ladi.
- Bu xatni kim otdi? Anjalini kim o'ldirmoqchi? Chavannini kim bu yerga olib keldi? Men bularni bilishim kerak - deydi Arohi...
DAVOMI BOR...
Sabina Zaripova tayyorladi

Manba: zamonaviy.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Kino va Serial yangiliklari | Просмотров: 260 | Добавил: MASSARI | Теги: Intiqom Alangasi, Voqealar rivoji | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]