наверх
Главная » Новости » XXI tehnologiyasi
11:47
iPhone SE 2 asosiy flagman funksiyalaridan biriga ega bo‘ladi. Taqdimot tez orada

Manbalarga ko‘ra, Apple kompaniyasi iPhone SE 2 smartfonini shu yilning birinchi yarmida taqdim etishi mumkin, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Xitoydan tarqalgan ma’lumotga ko‘ra, qurilma shu yilning iyunida bo‘lib o‘tadigan Apple Worldwide Conference konferensiyasida namoyish etilishi mumkin. Shuningdek, ta’kidlanishicha, iPhone SE 2 simsiz quvvat olishni ta’minlovchi shisha orqa panelga ega bo‘ladi.

Bugungi kunda faqat iPhone X, iPhone 8 Plus va iPhone 8 gina simsiz quvvat olish funksiyasi va shisha orqa panel bilan jihozlangan. iPhone SE 2 deb taxmin etilayotgan qurilma suratida orqa kamera va yorug‘lik diodli vspishka vertikal tarzda joylashganini ko‘rish mumkin.

Mish-mishlarga ko‘ra, iPhone SE 2 4 yoki 4,2 dyuymli displey, Apple A10 Fusion chipseti, 2 Gb tezkor va 32 / 128 Gb doimiy xotira, 12 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kamera, 1700 mA/soat sig‘imli batareyaga ega bo‘lishi mumkin.

Qurilma taxminan 400 dollar narxda sotuvga chiqishi kutilmoqda.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: XXI tehnologiyasi | Просмотров: 197 | Добавил: VerSign | Теги: iPhone SE 2 asosiy flagman funksiya | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]