наверх
РЕКЛАМА...
Главная » Новости » Dunyo yangiliklari
01:02
“Irma” to‘foni Sankt-Peterburg shahriga xavf solmoqda

Karib dengizi havzasidagi hududlarga kuchli talofatlar keltirayotgan “Irma” to‘foni AQShning Sankt-Peterburg shahriga yaqinlashmoqda. Bu haqda “Qalampir.uz” nashri xabar berdi.

AQShning Sankt-Peterburg shahri meri Rik Krisman o‘z intervyusida vaqtida boshpana topishga ulgurmagan shahar aholisini o‘z uylarida, imkon darajasida xavfsizlikni ta’minlashga chaqirdi.

Shahar rasmiylari kuchli shamol va shiddatli to‘lqinlar yopirilishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Biroq to‘fon Sankt-Peterburg shahriga qanchalik talofat yetkazishi mumkinligi haqida ma’lumotlar berilmagan.

Ma’lumot uchun, ushbu shahar AQShning janubidagi Florida yarim orolida joylashgan bo‘lib, rus sayyohi tomonidan 1892 yilda asos solingan.

Avvalroq, Fransiyaning dengizorti hududlari bo‘lmish Karib dengizida joylashgan San-Martin va San-Bartc orollari “Irma” to‘foni natijasida katta iqtisodiy zarar ko‘rgani haqida xabar bergan edik.
Manba: qalampir.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 420 | Добавил: MASSARI | Теги: AQSH, Sankt-Peterburg, Irma To'foni | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]