Регистрация
Меню сайта
Реклама
0

Jahon banki vitse-prezidenti Siril Myuller mart oyida O‘zbekistonga keladi

Автор: VerSignкатегория: O'zbekiston yangiliklariдата: 22.02.2019
Bosh vazir o‘rinbosari Tanzila Norboyeva, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” assotsiatsiyasi raisi Ilhom Haydarovdan iborat delegatsiya Vashingtonda Jahon banki vitse-prezidenti Siril Myuller bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Muloqot davomida ikki tomonlama va Xalqaro mehnat tashkiloti bilan birgalikda amalga oshirilayotgan munosib mehnat mamlakat dasturi doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Jahon banki vitse-prezidenti uch yo‘nalishdagi o‘zaro aloqalar muhimligini ta’kidladi. Birinchisi — O‘zbekiston, Jahon banki va XMT o‘rtasidagi uch tomonlama formatning davom ettirilishi. Ikkinchisi — bandlikni ta’minlash va qulay mehnat sharoitlari yaratishga ko‘maklashish. Uchinchisi — gender tengligi, infrastruktura rivojlanishi, energiya samaradorligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mamlakat savdo va eksport salohiyatini kuchaytirish bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirish.

Siril Myuller bank moliyalashtirishida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan istiqbolli loyihalarni muhokama etish uchun joriy yil mart oyida O‘zbekistonga kelishini bildirdi.

Теги: Bank, Vitse prizident

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]