наверх
Главная » Новости » Sport yangiliklari
22:08
Jahonning "eng qimmatbaho" futbolchilari e’lon qilindi: Ronaldu TOP 10 likda yo‘q

«PSJ» klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe CIES Football Observatory tadqiqot markazi taqdim etgan jahonning eng qimmatbaho futbolchilari reytingining birinchi o‘rnida qayd etildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti ma’lum qilingan.

Tadqiqot xulosalariga ko‘ra, JCh-2018 g‘olibining joriy transfer qiymati 216,5 million yevroni tashkil etadi. Mbappening narxi o‘tgan oy bilan solishtirganda 23 millionga oshgan. Undan keyingi o‘rinda ko‘rsatilgan hujumchi Harri Keynni («Tottenhem» / Angliya) 197,3 mln yevroga sotib olish mumkin bo‘lsa, yuqori uchlikni yakunlab bergan Neymarga («PSJ» / Braziliya) 197 million yevro narx belgilangan.

CIES talqiniga ko‘ra, eng qimmatbaho o‘yinchilar o‘nligidan Muhammad Saloh («Liverpul», € 173 mln), Filippe Koutino («Barselona», € 171,3 mln), Lionel Messi («Barselona», € 170,6 mln), Rahim Sterling («Manchester Siti», € 164,6 mln), Romelu Lukaku («Manchester Yunayted», € 164,3 mln), Dele Alli («Tottenhem», € 163,4 mln) va Antuan Grizmann («Atletiko», € 157,7 mln) ham o‘rin olgan.
Manba: zamin.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 1220 | Добавил: MASSARI | Теги: Killian Mbappe, futbolchilar reytingi, Top-reyting | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]