наверх
Главная » Новости » Dunyo yangiliklari
17:32
Janjallashayotgan ayol o‘z o‘limini videoga olayotganini bilmagan edi...(Video)

Braziliyada 22 yoshli ayol tasodifan o‘z o‘limini videoga muhrladi. Bu haqda Qalampir.uz nashri xabar bermoqda.

Gap shundaki, uch nafar bolaning onasi bo‘lgan ayol qo‘shnisi bilan tortishib qolgan.

22 yoshli Vilen Mateis qo‘shni erkak bilan bo‘lgan janjalni telefon kamerasiga suratga olgan. Bu orqali u turmush o‘rtog‘iga qo‘shnisining haqoratlarini isbotlamoqchi bo‘lgan.

Ayol va erkak o‘rtasida janjal yuzaga kelgan vaqtda qo‘shni kishi kutilmaganda cho‘ntagidan pistoletni chiqargan va Vilen Mateisga qarata bir necha marta o‘q uzgan. Ammo erkak shundan keyin ham tinchlanmagan, u ayolning yoniga kelib, uning joyi “shaytonlar orasida” ekanligini aytgan.

O‘qotar quroldan jarohatlangan ayol shifoxonaga olib borildi, ammo u xushiga kelmay turib joni uzildi. Keyinroq politsiyachilar videolavhada muhrlanib qolgan qo‘shni erkakni qo‘lga olishgan.


Manba: qalampir.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 953 | Добавил: MASSARI | Теги: Video, janjal, Ayol | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]