наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
01:16
"Jinnixonadan" qochgan "jinoyatchilar" Toshkent shahar IIBB ni oyoqqa turg‘azdi

2017 yilning 20 noyabr kuni taxminan soat 09:10 da Toshkent shahar IIBBga Psixiatrik shifoxonadan jinoyat sodir etgan va shifokor nazorat ostida bo‘lgan 3 nafar shaxs qochib ketgani haqidagi ma’lumot bergan edik.

Toshkent shahar IIBB tezkor xodimlarining “issiq izidan” tadbiri natijasida o‘sha kunning o‘zida taxminan 6-7 soat vaqt ichida ulardan ikki nafari Rashidov Ma’ruf va Hamroyev Ahror, oradan bir kun o‘tib esa Chilonzor tumanida joylashgan “Abu Saxiy” bozori hududida qidiruvdagi “uchinchi shaxs” Omonov Sherqul qo‘lga olingan edi.

Bugun soat 16:20da Toshkent shahar IIBB matbuot konferensiyasi zalida, OAV xodimlari uchun navbatdan tashqari matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Toshxo‘jayev Psixiatrik shifoxonadan qochib ketgan va shahar IIBB xodimlari tomonidan qo‘lga olinganlar mavzusiga e’tibor qaratdi.

- Bilasizki, Toshkent shahri ko‘p millionli aholi yashaydigan, har kuni minglab mehmonlarni qabul qiladigan poytaxt shahardir. Shunday katta shaharga qochib chiqib ketgan jinoyatchi, Psixiatrik shifoxona davolanuvchisining qo‘l urishi mumkin bo‘lgan har qanday harakati oqibati jinoyat bilan yakunlanishi mumkin. Jumladan, Toshkent shahri IIBB xodimlari, e’tibor bering qaytaraman, IIBB dagi bor xodimlarimiz tezkor-qidiruv tadbiriga jalb qilindi. Chunki, birinchi navbatdagi jinoyatchi himoyasiz yosh bolalar, ayollar, keksa kishilarga zarar yetkazishi mumkin edi va biz buni oldini olish uchun maksimal kuch sarfladik. Toshkent shahar IIBBning boshlig‘i Qurbonov Bahodir Nizomovich tadbir yakuniga qadar, ya’ni 27 soat davomida voqealarni shaxsan o‘zi nazorat qilib bordi. Bizning maqsadimiz, sizning tinchligingizni saqlash, shahar aholisi va mehmonlari tinchligi, osoyishtaligini saqlashdir, - dedi, Doniyor Toshxo‘jayev.
Manba: zamin.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 939 | Добавил: MASSARI | Теги: toshkent, IIBB, jinni jinoyatchilar, Psixiatr | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]