наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
20:28
Jizzax viloyatida ikki Nexia to‘qnashib, yonib ketdi. Sakkiz kishi halok bo‘ldi (video)

Jizzax viloyatining Paxtakor tumani hududidan o‘tgan 4R-34 “Jizzax—Gagarin” yo‘lining 49-kilometrida ikki Nexia to‘qnashib, yonib ketdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Hodisa 4-aprel kuni soat 12:40 atrofida yuz bergan. Ijtimoiy tarmoqlar, Telegram’dagi ommabop kanallarda voqea joyidan video va fotolar paydo bo‘lgan.

Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi, 1990-yilda tug‘ilgan fuqaro haydab kelayotgan Nexia “Jizzax—Do‘stlik” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotib, qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan arnasoylik 26 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Nexia bilan to‘qnashib ketgan.

To‘qnashuvdan so‘ng yong‘in kelib chiqqan. Hodisa oqibatida har ikkala avtomobilda bo‘lgan barcha — jami sakkiz kishi halok bo‘lgan.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 1223 | Добавил: VerSign | Теги: to'qnashuv, avto, Jizzax | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]