Регистрация
Меню сайта
SEVIMLI SERIAL!
Наш опрос
Sizga qaysi turk seriali yoqadi?
Barcha javob: 126
Статистика

Онлайн всего: 237
Гостей: 237
Пользователей: 0
0

Kaliforniyada aholiga oyiga 500 dollar berilmoqda

Автор: VerSignкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 27.06.2019
Denang va Vargas Kaliforniya shtati Stoktonda, texnologik jihatdan katta rivojlanish bo‘layotgan, ammo qashshoqlik darajasi yuqori bo‘lgan shaharda yashaydi. Ular Stoktonni iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga qaratilgan SEED dasturida ishtirok etmoqda. Dasturda 18 oy davomida 130 kishiga oyiga 500 dollardan beriladi, deya yozadi Forum Daily.

Loyiha tarafdorlari tajriba o‘tkazayotgan ishtirokchilardan pulni yaxshi boshqarishini xohlaydi. Ular pulni hayotini yaxshilash uchun ishlatadi, pulli to‘lovlarni saqlab qo‘yadi va kelajak uchun rejalar qo‘yadi, bu tufayli Stoktan kichik iqtisodiy rag‘batga ega bo‘ladi.

SEED Stokton meri Maykl D. Tabbsning va Iqtisodiy xavfsizlik loyihasining tashabbusi hisoblanadi. U AQShda pul o‘tkazmalarini rivojlantirish va o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi tahliliy markaz yordamida faoliyat yuritadi. Ushbu pilot loyihada qatnashish uchun bir qancha mezonlarga javob berish kerak. Ya’ni, voyaga yetgan bo‘lishi, Stoktonda yashashi, o‘rtacha ish haqi yiliga 46 463 dollardan kam bo‘lishi kerak.

SEED ushbu tasnifga mos keladigan tasodifiy tanlab olingan uy xo‘jaliklari guruhiga maktublar yubordi, so‘ngra xatga javob bergan shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Fevral oyida ishtirokchilar oyiga 500 dollardan ola boshladi. Ularga pulni o‘z ixtiyori bilan ishlatishga ruxsat berildi.

Loyiha ishtirokchilaridan biri Denang “osmondan tushgan pul”dan hayratda.

“Men harajatlarimni qisqartira boshladim, — deydi u. — Kerak bo‘lib qolganda, pulim bo‘lmasligi mumkin”.

Hukumatning ko‘pgina dasturlari odamlarning pulni isrof qilishga yo‘l qo‘ymaydi, aksincha cheklovlar qo‘yadi. Masalan, lobster, steyk kabi yeguliklar sotib olishini xohlamaydi. Lekin tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, to‘g‘ridan to‘g‘ri pul o‘tkazmalar odamlar uni isrof qilishiga emas, aksincha tejab ishlatishiga, kelajak uchun jamg‘arib qo‘yishiga sabab bo‘ladi.

Теги: Kaliforniyada aholiga oyiga 500 dol

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]