наверх
Главная » Новости » Dunyo yangiliklari
17:51
«Ko'rinmas» avtomobil surati internet foydalanuvchilarining hayratiga sabab bo'ldi

Reddit foydalanuvchilari u/Tittzo taxallusli foydalanuvchi joylashtirgan "ko'rinmas avtomobil" surati borasida bir fikrga kela olishmadi.

Surat muallifining so'zlariga ko'ra, u o'zining qora rangdagi avtomobilini shu darajada toza yuvganki, ma`lum bir rakursda u shaffof holda ko'rinadi. Ayrim foydalanuvchilar mashinani bir ko'rishda topa olishmaganini bildirib, ushbu suratdan hayratlanishgan.

"Uni ko'rish uchun bir oz vaqt kerak bo'ldi", — deb yozdi BananaCrackers101

"Afsungarlik", — deya hayratlandi mjw110905.

Ayrim foydalanuvchilar esa muallifni suratni fotomuharrirda qayta ishlaganlikda aybladi.
Manba: Kun.Uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 1208 | Добавил: KenjaMedia | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]