Регистрация
Меню сайта
Статистика

Онлайн всего: 134
Гостей: 134
Пользователей: 0
0

Komil Allamjonovga o‘rinbosarlar tayinlandi

Автор: VerSignкатегория: O'zbekiston yangiliklariдата: 19.03.2019
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan 7-mart kuni qabul qilingan farmoyishga muvofiq, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining o‘rinbosarlari tasdiqlandi. Bu haqda agentlikning matbuot xizmati ma’lum qildi.

Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Avazbek Xojimetov tayinlandi. Avazbek Xojimetov mehnat faoliyatini Tashqi ishlar vazirligi tizimidagi “Jahon” axborot agentligida boshlagan. 2017-yildan shu kunga qadar O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati axborot-tahlil ishlari bo‘yicha sektori mudiri lavozimida ishlab kelgan.

Avazbek Xojimetov Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida davlat axborot siyosatini amalga oshirish, sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish, axborot xavfsizligini ta’minlash, axborot tahlili hamda ommaviy axborot vositalari faoliyatini rivojlantirish kabi vazifalarni bajarish uchun mas’ul bo‘ladi.

Agentlik direktori o‘rinbosari lavozimiga Nargiza Raximova tayinlandi. Mehnat faoliyatini 1999-yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudida maslahatchi lavozimida boshlagan. 2006-yildan buyon axborot, jurnalistika sohasi bo‘yicha qator lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan. “Delovoy partner”, “Birja” kabi gazetalar, qator elektron ommaviy axborot vositalarida mas’ul lavozimlarda, Prezident Devoni media markazida bosh mutaxassis lavozimida faoliyat yuritgan.

Nargiza Raximova Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasining chet ellarda ijobiy imijini shakllantirish – PR-markaz vazifasi ijrosi, shuningdek, agentlikning davlat organlari axborot xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish kabi vazifalar uchun mas’ul bo‘ladi.

Agentlik direktorining o‘rinbosari lavozimiga G‘ayrat Bozorov tayinlandi. G‘ayrat Bozorov mehnat faoliyatini O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida boshlagan. 2018-yildan buyon shu kunga qadar nashriyot-matbaa ijodiy uyi direktorining nashriyot va markateng masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

G‘ayrat Bozorov Agentlik direktorining o‘rinbosari sifatida litsenziyalash va nazoratni tashkil etish, nashriyot-matbaa sohasi, kitob savdosi va axborot kutubxona resurslari faoliyatini rivojlantirish kabi vazifalarni bajarish uchun mas’ul bo‘ladi.

Теги: Komil Allamjonovga o‘rinbosarlar ta

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]