Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

UYDA QOLING! | STAY HOME! | ОСТАВАЙТЕСЬ ДОМА!
0

Koronavirus tarqalishiga qarshi eng samarali kurash olib borayotgan davlat ma’lum qilindi

Автор: MASSARIкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 31.05.2020
Tayvan koronavirus tarqalishiga qarshi eng samarali kurash olib borayotgan mamlakat ekanligi ma’lum qilindi. Bu haqda «Komsomolskaya Pravda»ga tayanib Daryo xabar berdi.

Xabar berilishicha, olimlar aholisini koronavirusdan himoya qilish bo‘yicha eng samarali kurash olib borayotgan yetakchi mamlakatlarni aniqlashda bir nechta omillarga e’tibor qaratgan. Xususan, koronavirusning mamlakatga kirib kelgan vaqti, aholi soni va uning kasallanganlar soniga nisbati, ko‘rilgan choralar va ularning samaradorligi.

Tayvan orolining aholisi Avstraliya aholisiga teng. Biroq Tayvan koronavirusga qarshi samarali kurash olib bormoqda. Xitoyda koronavirus avj ola boshlagan vaqtda uning epidemiya markaziga yaqinligi sababli olimlar, xususan, Jon Xopkins universiteti olimlari Tayvanda epidemik vaziyat noxush bo‘lishini taxmin qilgan edi.

Biroq epidemiya boshlanganidan 10 hafta o‘tgach, Avstraliyada qariyb 5000 nafar bemor qayd etilgan bo‘lsa, Tayvanda ularning soni 400 kishidan kam bo‘lgan.

Qayd etilishicha, bu qattiq karantin choralarining natijasi hisoblanadi. Karantin choralari 124 banddan iborat bo‘lib, ular qatoridan Xitoyga safarlarning cheklanishi, kruiz kemalarining oroldagi portlarda uchrashishining cheklanishi va karantinni buzganlarni qattiq jazolash o‘rin olgan.

Tayvan o‘zini niqoblar bilan ta’minlashni, odamlarni koronavirus bo‘yicha qayta tekshirishni boshlagan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusdan vafot etganlar soni 70 ming kishidan, koronavirus yuqtirib olganlar soni esa 1 286 000 kishidan oshgan.

Теги: Koronavirus, Tayvan

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]