наверх
РЕКЛАМА...
Главная » Новости » Dunyo yangiliklari
21:15
Krasnodarlik sudya qizining to‘yiga 2 mln dollar sarfladi

Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi sudyasi Yelena Xaxaleva qizining to‘yini uyushtirib, unga 2 million dollar taklif qildi. Bu haqda mahalliy advokat Sergey Jorin Instagram orqali ma’lum qildi.

“Haftasiga sakkiz soatdan oyiga 20 ming rubl uchun ishlab yurganlar ko‘rib qo‘ying. Amaldagi qonunchilikka tayanib Krasnodar o‘lkasida haqiqatni himoya qilishga urinayotgan hamkasblar, ko‘rib qo‘ying”, — deb yozdi u.

“Ren TV” to‘y videolarini e’lon qildi. Kadrlardan ma’lum bo‘lishicha, to‘yga xonandalar Nikolay Baskov va Valeriy Meladze kelgan.

Shuningdek, videoda ko‘rinmagan bo‘lsa ham, marosimga qo‘shiqchi Vera Brejneva kelgani aytilmoqda.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 217 | Добавил: VerSign | Теги: Krasnodar | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]