Регистрация
Меню сайта
Статистика

Онлайн всего: 232
Гостей: 232
Пользователей: 0
0

La Liga. “Barselona” va “Atletiko” mag‘lubiyatga uchradi

Автор: VerSignкатегория: Sport yangiliklariдата: 26.05.2019
4-may, shanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 36-turi doirasida 4 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan Madridning “Atletiko” klubi “Espanyol” mehmoni bo‘ldi.

Bellashuvning 45-daqiqasida madridliklar himoyachisi Diyego Godin avtogol muallifiga aylangan bo‘lsa, 52 va 89- daqiqalarda (penalti) mezbon jamoa a’zosi Borxa Iglesias dublga erishdi (3:0).

Shu tariqa Diyego Simeone jamoasi “Espanyol” bilan kechgan bahsda yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi (0:3).

Shu kuni muddatidan avval chempionlikni nishonlagan Kataloniyaning “Barselona” jamoasi safarda “Selta” bilan o‘ynadi.

Uchrashuv davomida “Selta” hujumchilari Maksimiliano Gomes (67) hamda Aspas Yago (penalti) urgan gollar maydon egalarining “Barselona” ustidan g‘alabani ta’minladi (2:0).

Теги: Atletico, sport, barcelona

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]