наверх
Главная » Новости » Sport yangiliklari
10:43
La Liga prezidenti: “Ronaldu soliqlarni deb «Real”dan ketdi»

La Liga prezidenti Xavyer Tebasning aytishicha, Krishtianu Ronalduning “Real”dan ketishiga Ispaniyadagi soliq stavkalari juda yuqori ekani sabab bo‘lgan.

“Ronaldu Italiyada ko‘proq pul topadi, sababi Ispaniyadagi bilan taqqoslaganda u yerdagi soliq stavkalari pastroq. Biz foyda keltirmaydigan sharoitda turibmiz. Ispaniya – soliqlar bo‘yicha top-ligalar ichida eng yomoni. Shuning uchun ham o‘yinchilar bu yerda ko‘p mablag‘ yo‘qotishadi. Bu muammo ustida bosh qotirishimiz kerak, chunki buning natijasida chempionatning potensiali tushib ketishi mumkin”, – degan Tebasning so‘zlarini nashr etgan Marca.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronaldu “Real”dan ketishidan oldin 13,5 million yevro soliq jarimasini to‘lagan, yana 5,3 million yevrolik qarzi qolgani ma’lum qilingandi.

Ispaniya soliq idorasi Ronalduni Italiyaga ko‘chib o‘tsa ham jarimani to‘lashdan qochib qutulolmasligidan ogohlantirgan.
Manba: tribuna.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 538 | Добавил: MASSARI | Теги: La Liga prezidenti, ronaldu, Real | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]